• EKSPORT MUKOFOTLAR
  • EKSPORT NAZORATI BO‘YICHA KOORDINATSION QO‘MITA
  • EKSPORT REJIMI
  • EKSPORT MASALALARINI YECHISHNING DASTURLI-MAQSADLI METODI




    Download 0,64 Mb.
    bet227/485
    Sana10.07.2024
    Hajmi0,64 Mb.
    #267286
    1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   485
    Bog'liq
    TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)

    EKSPORT MASALALARINI YECHISHNING DASTURLI-MAQSADLI METODI — aniq belgilangan maqsad va undan kelib chiqadigan masalalar bilan kengaytirilgan kompleks programma asosida korxonaning maqsadga yo‘naltirilgan eksport faoliyati. Aksportga dasturli-maqsadli yondashish shuni bildiradiki, korxona tomonidan qabul qilinadigan har qanday masala nafaqat uning joriy masalalariga, balki eksportning uzoq muddatli maqsadlariga javob berishi kerak. Muntazam korrektirovka qilinadigan va aniqlik kiritiladigan shunday kompleks programma eksportyor — korxona jamoasini aniq harakat istiqboli bilan qurollantiradi, barcha kuchni eksport ishining hal qiluvchi yo‘nalishlariga kontsentratsiya qilish imkoniyatini beradi. Shunday dastur tufayli mo‘ljallangan maqsadlarga erishish va joriy masalalarni yechish uchun qanday resurslar kerakligi aniqlanadi.
    EKSPORT MUKOFOTLAR — davlat organlari yoki monopolistik birlashmalar tomonidan chetga tovarlar chiqarishni kengaytirish uchun eksportyorlarga beriladigan moliyaviy imtiyozlar.
    EKSPORT NAZORATI — eksport dasturlarini ishlab chiqish, kontingentlar o‘rnatish va ayrim tovarlarni chiqarishga litsenziyalar berish, ayrim mamlakatlar yoki mamlakatlar guruhi bilan bo‘ladigan savdoni kuzatish orqali amalga oshiriladigan eksport operatsiyalari ustidan davlat nazorati.
    EKSPORT NAZORATI BO‘YICHA KOORDINATSION QO‘MITA — taqiqlangan tovarlar va texnologiyalar ustidan eksport nazorat qilish uchun tuzilgan NATO mamlakatlarining (Islandiya va Yaponiyasiz) xalqaro tashkiloti.
    EKSPORT POTENSIALI — muayyan mamlakat ijtimoiy ishlab chiqarishining tashqi bozorlar uchun raqobatbardosh zarur tovarlar ishlab chiqara olish va xizmat ko‘rsata olish qobiliyati.
    EKSPORT REJIMI — Eksport shunday rejimki, bunda tovarlar bojxona hududidan tashqariga ularni ushbu hududga qaytarib olib kirish majburiyatisiz olib chiqiladi. Eksport rejimiga joylashtirilgan tovarlar O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududida Bojxona Kodeksida nazarda tutilgan hollarda bu hududdan tashqariga amalda olib chiqib ketilmagan holda turishi mumkin. Tovarlarni eksport rejimida olib chiqish eksport boji va boshqa bojxona to‘lovlari to‘langan, iqtisodiy siyosat choralariga rioya etilgan va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa talablar bajarilgan taqdirda amalga oshiriladi. Eksport rejimida olib chiqilayotganda tovarlar soliqlardan ozod etiladi yoxud to‘langan soliqlar summasi qonun hujjatlariga muvofiq qaytarilishi lozim. Tovarlar eksport rejimida chiqarilayotganda tovarlar bojxona hududidan tashqariga, tovarlar holatining tabiiy eskirish yoki normal tashish va saqlash sharoitlarida kamayish oqibatidagi o‘zgarishlarni istisno etganda, bojxona deklaratsiyasi qabul qilingan kunda qanday bo‘lsa, shunday holatda olib chiqilishi lozim.

    Download 0,64 Mb.
    1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   485




    Download 0,64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    EKSPORT MASALALARINI YECHISHNING DASTURLI-MAQSADLI METODI

    Download 0,64 Mb.