• ENDOGEN O‘SISH (IQTISODIY O‘SISH) NAZARIYASI
  • ENG PAST NARX (ingl. Knock-down price)
  • ENGEL QONUNI
  • ERKIN (KLASSIK) BOZOR
  • Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid




    Download 0,64 Mb.
    bet235/485
    Sana10.07.2024
    Hajmi0,64 Mb.
    #267286
    1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   485
    Bog'liq
    TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)

    ENAGA DAVLAT (ingl. Nappy State) — “Yalpi farovonlikka erishgan davlat”ning so‘zlashuv nutqidagi nomi. Ayrim kuzatuvchi va tadqiqotchilar fikricha, davlat o‘z fuqarolari turmushi va hayotiga aralashgani va daxl qilgani, nazorat qilib turgani uchun paydo bo‘lganki, binobarin, enagalar ham o‘zlari boqib parvarishlayotgan chaqaloq va go‘daklarga nisbatan shunday munosabatda bo‘ladi. Bu termin ayni mahalda “Beshikdan to qabrgacha” iborasiga ham aloqadordir. Chunki, taraqqiy etgan Buyuk Britaniyada darhaqiqat shunga o‘xshash vaziyat ma’lum darajada mavjud, chunonchi, hukumat ham o‘z ta’sirini tobora kengaytirishga qarshi emas.
    ENDOGEN O‘SISH (IQTISODIY O‘SISH) NAZARIYASI — inson kapitalining uzoq muddatli davr davomida texnologik va innovatsion o‘zgarishlarini matematik modellashtirish va joriy etish orqali mamlakatlarning iqtisodiy o‘sish sur’atlariga ta’sirini tadqiq etishga qaratilgan yangi iqtisodiy o‘sish nazariyasidir (1990 - yillarda yaratilgan).
    ENG PAST NARX (ingl. Knock-down price) — tovarga nisbatan tayinlangan mijozni o‘ziga jalb etuvchi eng past narxdir. Bunday narx xaridor uchun motivatsiyalovchi omil sanaladi.
    ENG QULAY SAVDO REJIMINI YARATISH — bu xalqaro savdo shartnomalarida qat’iy belgilangan shart bo‘lib, shartnoma tuzuvchi shartnomalarining bir-biriga barcha huquq, afzallik va imtiyozlarni taqdim etish ko‘zda tutilgan bo‘lib, ushbu mamlakatlar yoki uchinchi davlat ulardan foydalanilishi mumkin.
    ENGEL QONUNI — oila va alohida shaxs xarajatlari tuzilmasining olinadigan daromad miqdorining o‘sishiga qarab o‘zgarishini tavsiflovchi qonuniyat.
    ERE - Daniya, Norvegiya va Shvetsiya kronasining mayda tangasi.
    ERGONOMIKA (grek.) — ishlab chiqarishni ratsionallashtirish maqsadida aniq ishlab chiqarish faoliyati sharoitlarida inson va mashinaning o‘zaro ta’sirini o‘rganuvchi fan.
    ERKIN (KLASSIK) BOZOR – deganda xaridorlar ham, sotuvchilar ham ko‘p bo‘lib, ulardan hech biri monopoliya mavqeiga ega bo‘lmay, bir-birini tezda topa oladigan, raqobat to‘la-to‘kis hukmron bo‘lgan, narxlar erkin savdolashuv asosida shakllanadigan bozor tushuniladi.

    Download 0,64 Mb.
    1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   485




    Download 0,64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid

    Download 0,64 Mb.