• ERKIN SAVDO SIYOSATI
  • ERKIN SUZIB YURUVCHI VALUTA KURSI
  • Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid




    Download 0,64 Mb.
    bet237/485
    Sana10.07.2024
    Hajmi0,64 Mb.
    #267286
    1   ...   233   234   235   236   237   238   239   240   ...   485
    Bog'liq
    TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)

    ERKIN SAVDO HUDUDLARI – iqtisodiy insgratsiyaning eng oddiy shakli bo‘lib, uning doirasida savdo cheklashlari bekor qilinadi.
    ERKIN SAVDO — jahon bozoridagi boj to‘lovlari, import kvotalari, tarifsiz to‘siqlar, eksportni ixtiyoriy cheklashlar kabi proteksionizmga xos bo‘lgan cheklovlarsiz amalga oshadigan xalqaro oldi-sotdi munosabatlari.
    ERKIN SAVDO SIYOSATI—tashqi savdodagi to‘siqlarni minimallashtirish siyosati.
    ERKIN SAVDO ZONASI — 1) Ma’lum bir hududlarni o‘z ichiga olgan, boj to‘lovlaridan ozod qilingan savdo zonalari bo‘lib, uning erkin tashqi savdo zonalari, erkin sanoat zonalari, erkin boj hududlari, maxsus iqtisodiy zonalari va hakozo ko‘rinishlari bo‘lishi mumkin; 2) E. s. z. tarif va boshqa cheklovlar bekor qilingan holda erkin savdo olib borish imkoni bo‘lgan hudud; 3) E.s.z. milliy va horijiy tadbirkorlardan boj olinmaydigan yoki imtiyozli boj olinadigan, eksport-import faoliyati nazorat qilinmaydigan hudud.
    ERKIN SUZIB YURUVCHI VALUTA KURSI – bu mazkur va foiz to‘lash shartlari asosida bir mamlakatdan qarz oluvchi ikkinchi mamlakatga beriladigan ssudadir.
    ERZATS - noto‘laqonli o‘rnini bosuvchi vosita.
    ESKIRISH (ingl. Obsolescence) — bozordan mahsulotning yo‘qolib qolishidagi bir bosqich. Ayrim tovarlar tabiiy sabablar tufayli iste’moldan chiqib qoladi; boshqalari esa o‘rnini raqobatchilar mahsuloti egallab olgani sababli; nihoyat, ba’zilari yanada murakkab va ilg‘or texnologiyalar paydo bo‘lishi orqasidan eskirish jarayoniga duchor bo‘ladi. Burungi zamonlarda tovarlar butun boshli avlodga mansub kishilar uchun mo‘ljallangan va ishlab chiqarilgan edi. Bugungi kunda esa tovar ishlab chiqarilayotganda u tez orada eskirishi inobatga olinadi, tovarning rejalashtirilgan mavjud bo‘lish muddati esa ana shu mahsulot bir avlodi umriga teng bo‘lishi ham nazardan qochirilmaydi. Kompyuter ana shunday tovarlar sirasidan. Ko‘plab kompyuterlar va dasturiy ta’minotlar bozorda paydo bo‘lishga ulgurmasdan turib eskirib qoladi; yangi avlodga mansub mahsulotlar esa kompyuter bozorida har doim o‘ziga yo‘l ochib boraveradi. Eskirishga mahkum mahsulotlar orasida yengil avtomobil ham bor. Reklamada yengil avtomobillar ancha nozanda va farovon turmush tarzi ramzi tariqasida namoyon etiladi. Real hayotda esa ishlar sal boshqacharoq: yengil avtomobillar kreditga sotib olinadi, binobarin, xaridor bitim shartlariga rioya etmasa tortib olib qo‘yilishi ham ehtimoldan yiroqmas. Ham uy-ro‘zg‘or xo‘jaligini, ham korxonani o‘z shaklida ifoda etuvchi mijozlarda bu noteng kurashishga uzil-kesil chek qo‘yish huquqi mavjud, biroq ular hech qachon buni uddalay olishmagan.

    Download 0,64 Mb.
    1   ...   233   234   235   236   237   238   239   240   ...   485




    Download 0,64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid

    Download 0,64 Mb.