• EMISSIYA TIZIMI
  • EMISSIYAVIY QIMMATLI QOG‘OZLAR CHIQARILISHLARINING YAGONA DAVLAT RAASTRI
  • EMITENT KOMPANIYA
  • EMITANTNING OPTSIONI
  • Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid




    Download 0,64 Mb.
    bet234/485
    Sana10.07.2024
    Hajmi0,64 Mb.
    #267286
    1   ...   230   231   232   233   234   235   236   237   ...   485
    Bog'liq
    TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)

    EMISSIYA FOYDASI — qimmatli qog‘ozlar emitentlari va ularni sotib oluvchilari o‘rtasida vositachilik natijasida taraqqiy etgan mamlakatlar banklari, boshqa kredit-moliya muassasalari tomonidan qimmatli qog‘ozlar (aksiyalar, obligatsiyalar)ni joylashtirishdan oladigan foydasi; yirik moliya korporatsiyalarining boyish shakllaridan biri.
    EMISSIYA TIZIMI — pul belgilarini muomalaga chiqarishning qonun bilan o‘rnatilgan tartibi; pul tizimining tartibi; pul tizimining tarkibiy qismi.
    EMISSIYA UYI — pul belgilarini muomalaga chiqaruvchi moliyaviy muassasa.
    EMISSIYAVIY QIMMATLI QOG‘OZLAR — bitta chiqarilishi doirasida bir xil balgilar va rakvizitlarga ega bo‘lgan, mazkur chiqarilish uchun yagona shartlar asosida joylashtiriladigan hamda muomalada bo‘ladigan qimmatli qog‘ozlar;
    EMISSIYAVIY QIMMATLI QOG‘OZLAR CHIQARILISHLARINING YAGONA DAVLAT RAASTRI — ro‘yxatdan o‘tkazilgan emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar chiqarilishlarining ro‘yxati;
    EMITANT (lot.) — 1) emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar chiqaruvchi va ular yuzasidan qimmatli qog‘ozlarning egalari oldida majburiyatlari bo‘lgan yuridik shaxs; 2) pul belgilari, qimmatli qog‘ozlar, to‘lov hisob-kitob hujjatlarini muomalaga chiqaruvchi davlat (markaziy yoki hokimiyat, boshqarish organi), korxona, muassasa, tashkilot, kompaniya.
    EMITENT KOMPANIYA — qimmatli qog‘ozlarni muomalaga chiqaruvchi kompaniya.
    EMITENT SINDIKAT — qimmatli qog‘ozlarni muomalaga chiqaruvchi sindikat.
    EMITENTNING BANKROTLIGI RISKI — qimmatli qog‘oz emitentining to‘lovga qodir emasligining boshlanish riski. Ushbu holat bunday qimmatli qog‘oz (aksiya) narxining keskin tushishiga yoki uning (obligatsiya va boshqa qarz qog‘ozlari) qarzini to‘lashga imkon bo‘lmasligiga olib keladi.
    EMITANTNING OPTSIONI — emitantning muayyan miqdordagi qimmatli qog‘ozlarini optsionda ko‘rsatilgan muddatda qat’iy balgilangan narxda sotib olish huquqini tasdiqlovchi emissiyaviy qimmatli qog‘oz;

    Download 0,64 Mb.
    1   ...   230   231   232   233   234   235   236   237   ...   485




    Download 0,64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid

    Download 0,64 Mb.