• ELEKTR ENERGIYASIDAN FOYDALANISH IMKONIYATI YO‘Q BO‘LGAN AHOLI
  • ELEKTRLASHTIRISH DARAJASI KO‘RSATKICHI
  • ELEKTRON POCHTA (grek.)
  • ELAKTRON PUL
  • EKZEKUTSIYA - sud hukmini yoki ma’muriy qarorni ijro etish. EKZEKVATURA




    Download 0,64 Mb.
    bet232/485
    Sana10.07.2024
    Hajmi0,64 Mb.
    #267286
    1   ...   228   229   230   231   232   233   234   235   ...   485
    Bog'liq
    TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)

    EKZEKUTSIYA - sud hukmini yoki ma’muriy qarorni ijro etish.
    EKZEKVATURA - boshqa mamlakatda chiqarilgan sud qarorini muayyan mamlakatda ijro etish.
    EKZOTIK VALUTA (grek., ital.) — bitimlar juda ham kamdan-kam amalga oshiriladigan va uning uchun xalqaro bozor yo‘q bo‘lgan valuta.
    ELASTIKLIK (grek.) — marketingda bitta o‘zgaruvchi o‘zgarish darajasining unchalik katta bo‘lmagan o‘zgarishga o‘zgarishi natijasida talabning o‘zgarishi oqibatida eksport qilinadigan sanoat tovarlariga talabning o‘zgarishi. Agarda baholar o‘zgarishi ulardagi mavjud talabga kam ta’sir qilsa, tovarlar kamroq elastiklikka ega deyiladi.
    ELEKTORAT — 1) saylovlarda ishtirok etish huquqiga ega fuqarolar soni; 2) muayyan siyosiy partiya uchun ovoz beruvchi saylovchilar.
    ELEKTR ENERGIYASIDAN FOYDALANISH IMKONIYATI YO‘Q BO‘LGAN AHOLI — bu tushuncha uy xo‘jaligi darajasida elektr energiyasidan foydalanish imkoniyatini nazarda tutadi. Bunda elektr tarmog‘iga ulanmagan uylarda yashovchi aholi soni hisobga olinadi. Elektr ta’minotidan foydalanishning imkoniyati elektr energiyasini tarif setkasi doirasida yoki tarif setkasidan yuqori qiymatda tijorat asosida sotishni anglatadi. Mahalliy hokimiyatlar tomonidan elektr tarmog‘iga ulanishni nazorat qiladigan o‘zining elektr energiyasini ishlab chiqaradigan mamlakatlarni ham o‘z ichiga oladi. Rasmiy ruxsatnomasiz elektr uzatish tarmoqlariga ulangan liniyalar ushbu ma’lumotlarga kiritilmaydi.
    ELEKTRLASHTIRISH DARAJASI KO‘RSATKICHI — ushbu ko‘rsatkich elektr tarmog‘idan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lgan aholi sonining umumiy aholi soniga nisbati orqali aniqlanadi.
    ELEKTRON MARKETING (ingl. Electronic marketing; E-marketing) — iste’mol bozorini aniqlash va belgilash elektron vositalaridan foydalaniladigan hosilaviy marketing.
    ELEKTRON POCHTA (grek.) — ulash, kabel yoki telefon liniyalari bo‘yicha kompyuter orqali ma’lumotlarni berish (hamda izlash). Telefon liniyalari orqali berilishi mumkin bo‘lgan tovushdagi kompyuter ichki signallarini qayta qurishni amalga oshiruvchi tizim orqali ta’minlanadi.
    ELAKTRON PUL — bu hisob-kitoblarni elaktron hisoblash mashinasi yordamida bajarish uchun qo‘llaniladigan kradit pullarining eng so‘nggi turidir. Bu ham kradit kartochkalariga o‘xshagan pul. Elaktron pul elaktron kartochka bo‘lib, uning xotirasiga pul egasining joriy hisobidagi pul summasi yozilgan bo‘ladi. Pul to‘lash uchun elaktron kartochka EXMga kiritiladi va kartochka avtomatik ravishda to‘lanishi zarur bo‘lgan pul summasini o`chirib, uni pul oladiganlarning elaktron hisobiga yozib qo‘yadi. Masalan, yirik savdo markazlaridan mahsulotlarni xarid qilishda qo‘llaniladigan kradit kartochkalari elaktron pul vazifasini bajaradi. Chunki, kradit kartochkasi schotidan xarid qilingan tovarlar qiymatiga tang miqdordagi mablag‘lar elaktron hisoblash mashinasi vositasida savdo markazi schotiga o‘tkaziladi. Kradit kartochkalardan tashqari mijozning talabiga binoan uning mablag‘lari hisobidan elaktron kartochkalar barilishi mumkin. Hozirgi davrda “Vizakart”, “Mastarkart”, “Amarikan ekspras” kabi elaktron kartochkalaridan jahonning ko‘pchilik mamlakatlarida foydalaniladi. Ish yurituvchilarning mamlakat ichkarisida hamda tashqarisidagi hamkorlari bilan tovarlar va xizmatlar uchun hisob-kitoblarni turli-tuman elaktron tizimlar orqali amalga oshirilishi ham elaktron pullarga misol bo‘la oladi.

    Download 0,64 Mb.
    1   ...   228   229   230   231   232   233   234   235   ...   485




    Download 0,64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    EKZEKUTSIYA - sud hukmini yoki ma’muriy qarorni ijro etish. EKZEKVATURA

    Download 0,64 Mb.