|
Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid
|
bet | 233/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)ELEKTRON SAVDOLAR — faoliyatni amalga oshirishni ta’minlovchi elektron texnologiyalar: internet, e’lonlarning elektron doskasi, to‘lov kartalari, pul o‘tkazish, ma’lumotlarni virtual almashish va boshqalar orqali savdoni tashkil etishdir.
ELEMENT; UNSUR (ingl. element) - murakkab bir butunning tarkib toptiruvchi bir qismi. Tizimli tahlilga nisbatan olganda element — tizim xossalariga ham ega bo‘lgan tizimning nisbatan mustaqil bir qismidir. Umuman olganda, “element” istilohi deyarli barcha fanlarda, shu jumladan, Marketing olamida nihoyatda rang- barang ko‘rinishlarda qo‘llanadigan keng qamrovli va harakatchan tushunchadir.
ELITA (ingl. Elite) — ozchilikni tashkil etuvchi, boshqa guruhlar ustidan hokimiyat yoki ta’sirga ega bo‘lgan iste’molchilar guruhi. Ayrim hollarda “oliy” deya e’tirof etiladi. Ko‘pincha “VIP”, “premium” tarzida ifodalanadi.
EMANSIPATSIYA (lot.) — qaramlik, zulm, xurofotdan ozod etish; cheklashlarni bekor qilish, huquqlardagi tenglik (masalan, xotinlar).
EMBARGO (isp.) — 1) qandaydir mamlakat (mamlakatlar guruhi) bilan savdo munosabatlarini taqiqlash. Tovarlar, xizmatlar, valutalar va boshqa qiymatliklarni olib kelish yoki chiqarishni davlat tomonidan taqiqlanishi iqtisodiy va siyosiy sabablarga ko‘ra yuz beradi. E. savdo- iqtisodiy faoliyatning barcha tomonlarini yo uning faqat ma’lum turlari, tovarlar kategoriyasini qamrashi mumkin. E. iqtisodiy tazyiq o‘tkazish quroli, mamlakat hukumati tomonidan qandaydir o‘tkazilayotgan siyosatni o‘zgartirishga majburlash sifatida qo‘llaniladi; 2) chat el tovarlarini kiritish yoki chiqarish, olib chiqib katishni davlat tomonidan ta’qiqlash yoki chat davlatga qarashli mulkni vaqtincha to‘xtatib turish, ta’qiqlash; 3) E. Tovarlar, qimmatli qog‘ozlar, oltin kabilarni boshqa mamlakatlardan keltirish yoki olib chiqishni davlat tomonidan ta’qiqlash. Tinchlik davrida boshqa mamlakatlarga iqtisodiy va moliyaviy ta’sir qilish, urush davrida esa iqtisodiy blokada qilish.
EMIGRANT (lot.) — iqtisodiy, siyosiy, diniy va boshqa sabablarga ko‘ra, boshqa mamlakatga ko‘chib ketadigan shaxs (ekspatriantdan farq qilib o‘z mamlakati fuqaroligini yo‘qotmaydi). EMIGRATSIYA – 1) ishchi kuchining bir mamlakatdan boshqa mamlakatga ishlash va yashash uchun chiqib ketishi; 2) E. mehnatga layoqatli aholining mamlakat hududidan ko‘chib ketishi.
EMISSION BAHO — qimmatli qog‘ozlar ularni chiqarish vaqtida sotiladigan baho: ustiga yozib qo‘yilgan qiymat yoki diskont, yoki mukofot bilan pariteti bo‘yicha.
EMISSIYA (lot.) — 1) har xil shakllarda pul belgilarini muomalaga chiqarish. Oborot pul massasining ko‘payishiga olib keladi; 2) E. – Kompaniya qimmatli qog‘ozlarining har qanday turi yoki ushbu qog‘ozlarni taqsimlash jarayoni; 3) E. – qog‘oz pullarning g‘aznaxonaga yoki boshqa davlat moliya organlari tomonidan muomalaga chiqarilishi; barcha shakldagi pul balgilarini muomalaga chiqarish; 4) muomalaga bank bilatlari, pul va qimmatbaho qog‘ozlarni chiqarish, davlatning emissiya banklari tomonidan amalga oshiriladi. E. asosan davlat budjetidagi kamomadini to‘ldirish, izdan chiqqan pul muomalasini tiklash maqsadida o‘tkaziladi; 5) E. – davlat tomonidan qo‘shimcha qog‘oz pullarini chiqarish va qo‘shimcha kreditni uyushtirishdir; 6) E. – pul va qimmatli qog‘ozlarning muomalaga chiqarilishi.
EMISSIYA BANKI — bank turi. Muomalaga pul ikki pog‘onali bank tizimi sharoitida chiqariladi. Faqatgina Markaziy bank pulni emissiya qilish huquqiga ega. Markaziy bank chiqarilgan pulni tijorat banklariga kreditga berish yo‘li bilan muomalaga chiqaradi. Muomaladagi pul masalasini tartibga soluvchi davlat muassasasi rasman Markaziy bank hisoblanadi.
|
| |