• FAKTOR KOMPANIYA (lot.)
  • FAKTORING KOMPANIYA
  • Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid




    Download 0,64 Mb.
    bet241/485
    Sana10.07.2024
    Hajmi0,64 Mb.
    #267286
    1   ...   237   238   239   240   241   242   243   244   ...   485
    Bog'liq
    TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)

    FAKSIMILE (lot., ing.) — klishe, bosma, o‘z qo‘li bilan qandaydir shaxsning imzosini o‘ziday qilib tayyorlamoq. F. bilan bog‘liq hujjat rasmiy hujjat hisoblanadi va yuridik kuchga ega bo‘ladi.
    FAKTOR (lot.) — Angliyada konsignatorlar shunday deb ataladi. AQShda ham ularning vositachilik faoliyati asosiy joyini mijozlarni kreditlash — faktoring olgunga qadar shunday deb atalgan. Yo‘nalish faoliyati o‘zgarishi bilan AQShda “faktor” tushunchasi mohiyati ham o‘zgardi.
    FAKTOR KOMPANIYA (lot.) — faktoring operatsiyalariga ixtisoslashgan kompaniya.
    FAKTORING (lot., fr.) — 1) asosan yangidan bozorga chiqadigan hamda kichik va o‘rta firmalar uchun tayinlangan moliyalash sohasidagi xizmatlar turi. F. mohiyati firma- faktor tomonidan tovarlar yetkazib beruvchilardan tovarlar yetkazib berish bo‘yicha to‘lovning katta qismini tez qoplash imkoniyati, qarzlarni to‘la qoplash kafolatlari, hisoblar yuritish bo‘yicha sarflarni kamaytirish bilan qisqa muddatli talablarni sotib olishdan iborat. F. o‘tkazishda yetkazib beruvchi kompaniya — faktorga o‘z savdo sheriklari ro‘yxatini va taklif qilinadigan tovarlar yetkazib berish hajmini xabar qiladi. Faktor sotib oluvchilar har bittasining to‘lovga qodir ekanligini tekshiradi va ularning har bittasi bo‘yicha mavjud limit krediti miqdorini yetkazib beruvchiga e’lon qiladi. Ushbu limit doirasida yetkazib beruvchi to‘lovni olmaslik riskisiz tovar yetkazib berishni amalga oshirishi mumkin. Chunki, agarda qarzdor belgilangan muddatda qarzini qoplamasa, uni kompaniya-faktor bajaradi; 2) F. – boshqa iqtisodiy sub’ektlarning qarzdorlik bo‘yicha majburiyatlarini sotib olish yoki qayta sotish munosabatlari.
    FAKTORING KOMPANIYA - korxona va tashkilotlarning yetkazib berilgan mahsulotlar va bajarilgan ishlar yoki xizmatlarga haq to‘lash bo‘yicha majburiyatlarini o‘z zimmasiga olish bilan shug‘ullanuvchi kompaniya.
    FAKTORIYA (ing., lot.) — 1. Begona mamlakatlardan olib kelinadigan va chiqariladigan tovarlar uchun omborlari bilan katta savdo qishloqlari; 2. Kooperativ tizimida faktoriya ko‘chmanchi va yarim ko‘chmanchi aholi o‘rtasida tashkil etiladi va qolgan ommani kooperatsiyaga birlashtirish uchun tayyorgarlikning birinchi pog‘onasi hisoblanadi. Faktoriyalar kollegial va tayinlanish bo‘yicha boshqariladi; 3. Faktoriya tijorat maqsadlari bo‘lgan ko‘chma ekspeditsiyadir.

    Download 0,64 Mb.
    1   ...   237   238   239   240   241   242   243   244   ...   485




    Download 0,64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid

    Download 0,64 Mb.