• FIRMANING JAMOATCHILIK BILAN MUNOSABATLARI
  • Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid




    Download 0,64 Mb.
    bet249/485
    Sana10.07.2024
    Hajmi0,64 Mb.
    #267286
    1   ...   245   246   247   248   249   250   251   252   ...   485
    Bog'liq
    TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)

    FIRMA LIKVIDLIGI — firmaning qarz majburiyatlarini o‘z vaqtida qoplash qobiliyati.
    FIRMA PATERNALIZMI” — bir umr yollanib ishlash tizimi, firma bizning uyimiz shioriga asoslangan mehnat munosabatlari.
    FIRMA USULI — sotib oluvchi tomonidan idrok etiladigan barcha firma mahsulotlari ma’lum birligini ta’minlaydigan hamda firma va uning buyumlarini raqobatchilar va ularning tovarlariga qarama-qarshi qo‘yuvchi usullar majmui (grafik rangli, plastik til va h.k.). F.u. tizimiga quyidagi elementlar kiradi: boshqa firma buyumlaridan farq qilib, mavjud firma tovarlarini farqlash uchun xizmat qiluvchi o`rnatilgan tartibda ro‘yxat qilib belgilangan tovar belgisi; logotip - original shaklida to‘la yoki qisqargan maxsus ishlangan nomi; firma bloki - kompozitsiyaga birlashgan belgi logotip hamda har xil turdagi tushuntiruvchi yozuvlar va ko‘pincha qandaydir tijorat va texnik firma kredosini ifodalovchi “Firma shiori”, deviz, firma tasavvuri, firma komplekt shriftlari, firma konstantlari.
    FIRMANING JAMOATCHILIK BILAN MUNOSABATLARI — jamoatchilik, matbuot, saylab qo‘yiladigan muassasalar va jamoat tashkilotlari bilan reklama faoliyati bilan chambarchas bog‘langan aloqalar tizimi; reklamadan farq qilaroq, asosan notijorat asosda olib boriladi. Firmaning jamoatchilik bilan munosabatlarini tag‘in qulay muhit, nafaqat potensial mijozlarda, qolaversa, balki el-yurtning nihoyatda rang-barang darajadagi keng ommasida sotuvchi firmaga (tovar ishlab chiqaruvchiga) maqbul munosabatini vujudga keltirish san’ati deb ham ta’riflash mumkin. Binobarin, pirovard natijada firma (korxona, kompaniya)ning muvaffaqiyatlari tevarak atrofdagilarning unga nisbatan ishonchiga bog‘liq bo‘ladi. Firma to‘g‘risida xayrixoh tasavvur yaratish ommaviy kommunikatsiya kanallari orqali, asos e’tibori bilan matbuot va televideniya yordamida amalga oshiriladi. Matbuot bilan aloqalar turli-tuman tadbirlar, jumladan, matbuot anjumanlari, rang-barang ijtimoiy va reklama faoliyati, yubileylar, noreklama firma jurnallari, maqolalar va telefilmlar yordamida olib boriladi. Auditoriyaga axborotlarni yetkazishning barcha ana shu usullaridan foydalangan holda “pablik releyshnz” xizmati xarid qilishga da’vat etishni emas, balki yangi mahsulotlar qaysi maqsadlarga yo‘naltirilganini, ularning ijtimoiy ahamiyatini namoyish etishni, masalan, tabiatni ifloslantirishdan muhofaza qilishdagi, professional ish va kasanachilik mehnati sharoitlarini yengillashtirishdagi, kishilar salomatligini muhofaza qilishdagi va hokazo ahamiyatini ko‘rsatib berishni tamal vazifa deb biladi.

    Download 0,64 Mb.
    1   ...   245   246   247   248   249   250   251   252   ...   485




    Download 0,64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid

    Download 0,64 Mb.