|
Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid
|
bet | 250/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)FIRMAVIY KREDIT – bu bir mamlakat firmasi tomonidan ikkinchi mamlakatdagi firmaga berilgan kreditdir. FISK - davlat xazinasi.
FISKAL AGENT (lot.) — 1. Soliq agenti; 2. Obligatsiyalarini chiqarish va qoplashni tashkil etuvchi schotni yurituvchi, chekni to‘lovchi, hisob-kitoblarni yurituvchi va h.k. hujjat yoki davlat muassasalari agenti. Odatda buni markaziy bank bajaradi.
FISKAL BOJLARI — davlat budjetiga daromadlar olish maqsadida o‘rnatilgan bojxona bojlari.
FISKAL MONOPOLIYA — bevosita soliq olish shakllaridan biri, budjet tushumi olish maqsadida qandaydir ommaviy iste’mol tovarini ishlab chiqarish va sotish davlatning haddan tashqari huquqi.
FISKAL FEDERALIZM (lot., fr.) — federatsiyaning ustunligiga asoslangan moliya sohasida federal hokimiyat va AQShdagi shtatlar hokimiyati o‘rtasida vakolatlarni taqsimlash tamoyili.
FISKAL (SOLIQ BUDJETI) SIYOSAT — iqtisodiyotga ta’sir qilish maqsadida, soliq olishning va davlat harid qilish tuzilmasining o‘zgarishi bo‘yicha hukumat organlari tomonidan quriladigan choralar.
FIT – For Individual Tourists. Narxlar yakka tartibdagi sayyohlar (individuallar) uchun barilganini ko‘rsatadigan abbraviatura. 10 kishidan kam bo‘lgan sayyohlar yakka tartibdagi sayyohlar hisoblanadi. Sayyohlar soni 10 kishi va undan ko‘p bo‘lganda ulur guruh dab sanaladi (group tourists).
“FITC RAYTINGS”, “MUDIS”, “STANDART END PURS” (xalqaro rayting kompaniyasi) – faoliyati banklar, moliyaviy institutlar, invastitsiya va aksionarlik kompaniyalarining kradit layoqatini o‘z vaqtida va aniq baholashga yo‘naltirilgan xalqaro rayting agantliklari.
FIZIOKRATLAR – siyosiy iqtisod rivojlanishidagi yangi bosqich bo‘lib, grekchadan tarjima qilinganda “tabiatning hukmronligi” ma’nosini anglatadi. Bu yo‘nalishning bosh namoyondasi va asoschisi Fransuo Kene (1694 – 1774 yy.) bo‘lgan. U merkantilistlarning boylik muomalada yaratiladi degan ta’limotlarini inkor etadi. Biroq B.Kene ta’limotining cheklanganligi shundan iborat ediki, u boylikning manbai faqat qishloq xo‘jaligidagi mehnat deb hisoblagan.
|
| |