• FLORIN (lot. floris, frans. fleur - gul)
  • FLYUKTUATSIYA
  • FOB SO SHTIVKOY
  • FOIZ NORMASI (STAVKASI)
  • Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid




    Download 0,64 Mb.
    bet251/485
    Sana10.07.2024
    Hajmi0,64 Mb.
    #267286
    1   ...   247   248   249   250   251   252   253   254   ...   485
    Bog'liq
    TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)

    FLAT — 1) foizlar aksiyalar kursiga kiritilganligini anglatuvchi birja istilohi; 2) bozorga nisbatan foydasiz, daromad keltirmaydigan ma’noni bildiradi.
    FLIPPER” — aksiyalarni xarid qilganidan so‘ng darrov sotib yuboruvchi hamda qisqa muddatli moliyaviy bitimlarni amalga oshiruvchi shaxs.
    FLORIN (lot. floris, frans. fleur - gul) - 1) XIII-XVI asrlardagi Florensiyaning nilufar tasviri tushirilgan oltin tangasi hamda Fransiyada XIII-XIV asrlarda qo‘llanilgan turli qimmatdagi oltin tangalar; 2) XII-XIII asrlardagi Florensiya kumush tangasi, shuningdek, 1849 yilda Angliyada zarb etilgan kumush tanga. U 1971 yildan boshlab 2 shilling hamda 2 pensga teng bo‘lgan; 3) guldenning fransuzcha va italyancha nomi.
    FLYUKTUATSIYA — 1) ayirboshlash kursining o‘zgarib turishi; 2) miqdorlarning ko‘p martalik o‘zgarishi.
    FOB (ing.) — xalqaro savdoga tovarlarni yetkazib berish shartlaridan biri, bunda sotuvchi sotib olinuvchi tomonidan yollangan kema bortiga o‘z hisobidan tovarni o‘rnatilgan muddatda kelishilgan va ortiladigan portda yetkazib berishga va sotib oluvchiga konosamentni topshirishga majbur; sotib oluvchi kemani o‘z hisobidan yollashi va o‘z vaqtida sotuvchini muddati va ortish joyi, kemaning nomi, uning kelish vaqti, ortish shartlari to‘g‘risida ogoxlantirishi kerak.
    FOB SO SHTIVKOY — sotuvchi taxlashni ham o‘z ichiga olgan holda kema tryumiga tovarni ortish bo‘yicha qo‘shimcha xarajatlarni, ayrim holatlarida separatsion materiallar bilan ta’minlashni o‘z zimmasiga oladigan shart-sharoitlar.
    FOIZ – 1) qarzga olingan pullar yoki moddiy buyumlardan foydalanganlik uchun kreditorga qarzdorning ustama to‘lovi. 2) bozorga chiqarilgan pulning narxidir.
    FOIZ ARBITRAJI — turli valutalar foiz stavkalaridagi farq hisobidan foyda ko‘rish maqsadida tuzilgan bitim.
    FOIZ NORMASI (STAVKASI) – 1) foiz yoki foizli daromadning qarzga berilgan pul summasiga nisbatining foizda ifodalanishi; 2) Foiz normasi (stavkasi) qarzga berilgan puldan olinadigan foiz, ya’ni foyda summasining qarzga berilgan pul summasiga nisbatining foiz ifodasi.

    Download 0,64 Mb.
    1   ...   247   248   249   250   251   252   253   254   ...   485




    Download 0,64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid

    Download 0,64 Mb.