|
Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid
|
bet | 254/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)FOND SAMARASI — asosiy ishlab chiqarish vositalarining bir so‘miga ishlab chiqariladigan mahsulot miqdoridir.
FOND SAMARADORLIGI — ko‘rsatkichi asosiy ishlab chiqarish fondlarining bir so‘miga ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori.
FOND SIG‘IMI — fond samaradorligiga teskari bo‘lgan ko‘rsatkich; u bir so‘m mahsulotga to‘g‘ri keladigan asosiy ishlab chiqarish fondlarining qiymatini ko‘rsatadi; 2) F.s. bir so‘mlik mahsulotga to‘g‘ri kaladigan asosiy ishlab chiqarish vositalarning qiymati.
FOND UCHUN TO‘LOV — davlat budjetiga foydadan to‘lovlardan bittasi, asosiy ishlab chiqarish fondlarining balans qiymatiga foizlarda o‘rnatiladi.
FONDLAR KOEFFISIENTI — bu koeffisient aholining eng boy 10 % daromadlarining eng kambag‘al aholining 10 % daromadlariga nisbatidir. Bu ko‘rsatkich yuqori (eng boy 10 % aholi) va quyi (eng kambag‘al 10 % aholi) chegaralarning detsillaridagi daromadlarining o‘rtacha qiymatlarini aks ettiradi.
FONDLARNING AYLANISH VAQTI – hamma avanslangan kapital qiymati ishlab chiqarish va muomala bosqichlaridan o‘tish uchun ketadigan vaqt yig‘indisidan iborat.
FONDLARNING AYLANISHI — bir marta sodir bo‘ladigan jarayon emas, balki muntazam takrorlanib turuvchi jarayon sifatida kapitalning doiraviy aylanishidir.
FONDLARNING DOIRAVIY AYLANISHI – kapitalning muntazam ravishda pul kapitali shaklidan unumli kapital, undan tovar kapitali shaklidan yana pul kapitali shakliga o‘tishi va birin-ketin uch bosqichni bosib o‘tadigan doiraviy harakat.
FONDLARNING MUOMALA VAQTI — kapitalning muomala sohasida bo‘ladigan vaqti, ya’ni kapitalning pul shaklidan unumli kapital unsurlariga (ish kuchi, ishlab chiqarish vositalari, yordamchi materiallar va h.k.) aylanishi va tovar shaklidan pul shakliga aylanish vaqti.
FOR (nem.) — yetkazib berish sharti Franko-vagon shartiga o‘xshash bo‘lib, shunga binoan sotuvchi o‘z hisobidan va o‘z tavakkalchiligi bilan temir yo‘l vagoniga tovarlar yetkazish va ortishga hamda sotib oluvchi ixtiyoriga transport hujjatini topshirishga majbur.
FORDIZM — ishlab chiqarishni birxillashtirish va uzluksiz holga keltirishdan iborat uzluksiz ishlab chiqarishni tashkil etish tizimi. Genri Ford nomidan kelib chiqqan.
FORFEYTING – 1) mahsulotlar sotuvida chetdan mahsulot keltiruvchilarga kredit ajratish shakli. Bu ko‘pincha tashqi savdo operatsiyalarida qo‘llaniladi; 2) tashqi savdo operatsiyalari bo‘yicha veksellar, kafolatli majburiyatlar va boshqa qarzdorlik talablarini oborotsiz asosda sotib olish orqali bank yoki moliya kompaniyalari tomonidan eksportni kreditlash. F. ko‘pincha yirik summada uzoq muddatga to‘lovni uzaytirish bilan mashinalar va uskunalar yetkazib berishda qo‘llaniladi.
|
| |