|
FORINT (vengr, forint ital. florin - florin)
|
bet | 255/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)FORINT (vengr, forint ital. florin - florin) — Vengriya pul birligi:, 100 fillerga bo‘linadi. U 1946 yilda muomalaga kiritilgan.
FORS - MAJOR (fr.) — 1) shartnomani bajarmaganlik uchun mulkiy javobgarlikdan ozod qiluvchi holatdagi kuchni yengib bo‘lmaydigan mavjud majburiyatlarda favqulotda va daf qilib bo‘lmaydigan haqiqat; 2) Yong‘in, tabiiy ofat, urush, qamal kabi kutilmagan sharoitlarda tomonlardan qaysi bo‘lsada o‘z majburiyatlarini qisman bajara olmay qolgan vaziyat.
FORS-MAJOR RISKI — loyiha faoliyatiga tegishli bo‘lmagan tashqi risklardan biri bo‘lib, unga yer silkinishi, yong‘inlar, suv toshqini, bo‘ronlar va boshqa tabiiy hodisalar kiradi. Fors-majorga ayrim ijtimoiy va siyosiy tabiiy hodisalar ham kiradi: ish tashlashlar, inqiloblar, qo‘zg‘olonlar va boshqalar. Shunday yo‘l bilan mamlakat riskining bir qismi fors-major riski sifatida namoyon bo‘ladi.
FORVARD (ing.) — uni tuzgandan keyin ikki ish kuni ichida valuta va boshqa bitim bo‘yicha hisob-kitob.
FORVARD BITIMI — muayyan muddatda yetkazib berish majburiyati asosida tuzilgan naqd mahsulot bitimi.
FORVARD BITIMLARI BAHOLARI — birja operatsiyalarida bozor iqtisodiyotidagi turli xil baholar. F.b.b. talab va taklif nisbati bilan bir qatorda tovarni yetkazish paytida kredit uchun foiz miqdorini, birja operatsiyasini moliyalashga ketgan xarajatlarni, tovar sug‘urtasi va saqlash bo‘yicha sarflar, komission brokerlarni ham hisobga oladi. F.b.b. normal kon’yunktur holatda odatda naqd tovar bahosidan yuqori bo‘ladi.
FORVARD BOZORI — bitim bir necha kun ichida yo‘l qo‘yiladigan spot-bozordan farq qilib bitim uzoq vaqt davomida to‘g‘rilanadigan bozor.
FORVARD OBLIGATSIYASI — obligatsiya xarid qilish va sotish bo‘yicha kelgusi sanada ijro etiladigan shartnoma.
FORVARD OPERATSIYALARI — shartnoma asosida telefon yoki teleks bo‘yicha banklar va sanoat-savdo korporatsiyalari tomonidan amalga oshiriladigan birjadan tashqari muddatli valuta bitimlari.
|
| |