|
Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid
|
bet | 263/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)FRAXTOVSHIK (nem.) — o‘rnatilgan haq uchun ishonilgan yukni tayinlangan portga tashish majburiyatini o‘ziga qabul qilgan dengizda yuk tashish shartnomasi tomoni yuk tashuvchisi.
FRIKTSION ISHSIZLIK – 1) vaqtincha ishsizlik bo‘lib, ish joyini almashtirish paytida yuz beradi, eski ishdan ketib, yangi ishga o‘tguncha ishsizlik yuz beradi; 2) F.i. ixtiyoriy ravishda ish bilan band bo‘lmaslikdir; 3) F.i. malakasiga mos ish qidirayotgan va ish o‘rinlar bo‘shashini kutayotganlar; 4) F.i. iqtisod tarkibiy o‘zgarishlari natijasida ayrim iqtisodning ayrim sohalarida ish kuchiga talabning taklifdan orqada qolishi.
FRI-AUT (ing.) — yetkazib berilgan yukka haq to‘lash sharti bo‘lib, shunga binoan yuk egasi kemadan tushirish bo‘yicha xarajatlarni to‘laydi. Yuk oluvchi esa faqat yuk kema tutkichi orqali o‘tgandan keyin to‘laydi.
FRI-IN (ing.) — yukni yetkazib berish uchun haq to‘lash sharti bo‘lib, shu bo‘yicha yuk kemasi ortish bo‘yicha xarajatlardan ozod qilinadi.
FRI-ELONGSAYD (ing.) — sotuvchining kema bortiga yuklarni yetkazib berish bo‘yicha barcha xarajatlarni to‘lash majburiyatini ko‘zda tutuvchi to‘lov sharti, yukni yetkazib berish.
FRI RAYDER - birja qoidalarini chetlab o‘tgan holda bitimga shartnomada belgilangan muddatdan oldin haq to‘lab qo‘shimcha foyda olish amaliyotidan foydalanayotgan birja mijozi.
“FRI-RAYDER” MUAMMOSI — mamlakatni iqtisodiy jihatdan zarur mahsulot yoki xizmat bilan ta’minlagan shaxslarning mazkur mahsulot yoki xizmatdan foyda ko‘radigan shaxslardan haq ololmasligi.
FRONTING (nem.) — operatsiya bo‘lib, uni o‘tkazish jarayonida kompaniya sug‘urta polisini rasmiylashtiradi, ammo riskni boshqa sug‘urta qiluvchiga beradi.
FTSE-100 KO‘RSATKICHI — Britaniya qimmatli qog‘ozlar birjasidagi yetakchi ko‘rsatkich.
FUNKSIONAL BOSHQARISH – korxona faoliyatini moliya, 269 ta’minot, sotish, kadrlar, loyiha-konstruktorlik va taxnologik ishlovlar, tashqi iqtisodiy aloqalar kabi alohida funksiyalar bo‘yicha boshqarish.
|
| |