|
FRANKLASHTIRISH (ital.) (frank pullariga aylantirish)
|
bet | 259/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)FRANKLASHTIRISH (ital.) (frank pullariga aylantirish) — tovarni jo‘natganlik uchun oldin to‘lash.
FRANKIROVAT (ital.) — jo‘natganlik bo‘yicha xarajatlarni to‘lashdan ozod qiluvchi maxsus posilka, bagajdagi xatga belgi qo‘yish hamda shunday jo‘natishni oldindan to‘lash.
FRANKIROVKA (ital.) — yuklarni transportirovka qilish, ortish-tushirish ishlari, saqlash va sug‘urta qilish bilan bog‘liq bo‘lgan u yoki bu xarajatlarni baholarga kiritish tartibini belgilovchi iqtisodiy va huquqiy shart-sharoitlar.
FRANKO (ital.) — tijorat operatsiyalarida mahsulotni yetishtirib berish sifatlari, shunga muvofiq iste’molchi yuklarni yetkazish bo‘yicha xarajatlardan ularni tovar bahosiga kiritish munosabati bilan ozod qilinadi.
FRANKO BAHO — mahsulotni buyurtmachiga yetkazish bo‘yicha transport xarajatlarini qoplashning ko‘zda tutilgan tartibini hisobga olgan holda o‘rnatilgan ulgurji baho.
FRANKO-BORT — sotuvchining sotilgan mahsulotni kema bortiga yetkazib berish xarajatlarini o‘z zimmasiga olishini ko‘zda tutuvchi shart.
FRANKO-KOMISSIYA (ital.) — qandaydir tijorat topshirig‘ini bepul bajarish.
FRANKO-KON - sotuvchining sotilgan mahsulotlarni o‘z hisobidan konga yetkazib berish majburiyatini zimmasiga olishini ko‘zda tutuvchi shart.
FRANKO-PLATFORMA NARXI - sotuvchining sotilgan mahsulotlarni yuk tushirish-ortish maydoniga yetkazib berish majburiyatini o‘z ichiga oluvchi narx.
FRANKO-POLUCHATEL (ital.) — tovarni yetkazib berish sharti (bazis yetkazib berish), bunda sotib oluvchining manzili (ombor) ko‘rsatilgan bo‘ladi. Bu shart sotuvchining eng katta hajmdagi majburiyatini ko‘zda tutadi va shu sababli uning uchun og‘ir. Xalqaro savdo amaliyotida keyingi yillarda kamdan-kam uchraydi.
FRANKO-SKLAD, ZAVOD (ital.) — yetkazib berishning bazis sharti (bazis yetkazib berish), bunda sotuvchi sotib oluvchiga berilgan transport vositalariga yuklash uchun shartnomada ko‘zda tutilgan omborda (zavodda)gi tovarni sotib oluvchi ixtiyoriga berishga majbur. Omborda (zavodda)gi tovarni olgan paytdan boshlab sotib oluvchi mulk egasi hisoblanadi, tashish bo‘yicha barcha xarajatlarga javob beradi.
FRANKO TURAR — joy sotuvchining sotilgan mahsulotlarni o‘z hisobidan turar joyga yetkazib berish majburiyatini zimmasiga olishini ko‘zda tutuvchi shart.
|
| |