|
Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid
|
bet | 261/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)FRANCHAYZER (ing.) — maxsus ko‘rsatilgan joyda ma’lum vaqt davomida bitimda yozilgan shaklda kichik mulk egasiga ishni olib borish huquqini beruvchi yirik firma (savdo yoki sanoat). Firma uchun bu bozorda o‘z ta’sir zonasini kengaytirish, xo‘jalik riskini kamaytirish usullaridan biri.
FRANCHAYZI (ing.) — franchayzer rahbarligi ostida o‘z ishini ochuvchi kichik tadbirkor. AQSHda franchayzi bo‘yicha restoranlar, gazakxonalar, buxgalteriya va soliq xizmatlari, yuridik markazlar, sekretariatlar yetkazib berish byurosi, baholovchilar, avtoservis, mahsulot va bakaleya magazinlari va h.k. ishlaydi.
FRANCHAYZING (franshizing) (fr.) — diler faoliyatining korporatsiyaga tegishli savdo korxonalarini ekspluatatsiya qilishni ham qo‘shib, ma’lum hududda haddan tashqari huquqini ko‘zda tutuvchi korporatsiya va diler o‘rtasidagi kontrakt. F. — yirik obro‘li kompaniya faoliyati bo‘lib, u o‘z texnologiyasi, litsenziyasi, nou-xau bilan hamkorligi turini tanlashda, savdo tarmog`ini tuzishda, reklama va kadrlar ishlatish, distribyutorlar tarmog‘ini tashkil etish bilan amalga oshirilishi mumkin. Xalqaro marketing strategiyalarini amalda qo‘llash va natijalarini nazorat qilib borish ham muhim jarayon hisoblanadi. Buning uchun kompaniyalar har bir tanlangan mamlakat bozoriga kirish strategiyasini amalga oshirish taktikasini (joriy rejasini) ham ishlab chiqadilar. Masalan, chet el bozorida sotish hajmini ko‘paytirish strategiyasi tanlangan bo‘lsa, marketing taktik vazifalari quyidagilar bo‘ladi, jumladan: Ishlab chiqarish hajmini oshirish; Tovarning kirib borishi reklamasi va tadbirlarini kuchaytirish; Sotish bilan bog‘liq kadrlarni tekshirish, ular ishini yaxshilash choralari, sotish usullarini ko‘rib chiqish; Sotishni rag‘batlantirish choralari, bahoni o‘zgartirish; Sotish bilan bog‘liq xodimlarning malakasini oshirish, ularni rag‘batlantirish choralari; Sotish bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa tadbirlar: reklama, matbuotda ilmiy-texnik maqolalar va hokazo. Natijalarni baholash va xalqaro marketing taktikasiga o‘zgartirishlar kiritib borish yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklarning oldini olishga yordam beradi.
FRAXT (nem.) — har qanday yo‘l bo‘yicha (ayniqsa dengiz) yuklar yoki passajirlarni tashiganligi uchun transport vositalari egasiga tashish haqi. Ba’zan ushbu termin ostida yukning o‘zi tushuniladi. Ayrim holatlarda F. (shartnoma shartiga bog‘liq holda)ga ortish, tushirish va joylashtirish uchun haq ham kiradi.
FRAXT AVANSI — yuk jo‘natuvchi tovarni ortishga ruxsat berganligi, importyor esa yetkazib berish sharti bilan tovarni olganligi uchun avans bilan to‘lanadigan fraxt qiymati. Agarda tashish shartnoma shartlarida yukni transportirovka qilish uchun haq belgilangan portda amalga oshiriladi deb ko‘rsatilgan bo‘lsa, kema kapitani yuk ortish portida ish haqi sarflariga unga 1/3 hajmda avans berishni talab qilish huquqiga ega.
|
| |