|
FOYDA KAMAYISHI; FOYDA QOCHISHI (ingl. Diminishing returs)
|
bet | 257/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)FOYDA KAMAYISHI; FOYDA QOCHISHI (ingl. Diminishing returs) — iqtisodiy nazariya bo‘lib, unga ko‘ra bir omilni iste’mol qilish muayyan chegaralardan yuqori bo‘lishi boshqasining shuncha muvofiq tegishlicha ishlab chiqarilishiga olib kelmasligi mumkin. Qandaydir mahsulotga investitsiyalar, deylik, 10 %ga oshirilishi foyda 10 va undan ortiq foizlarga o‘sishiga sabab bo‘lishi mumkin. Biroq, muayyan chegaradan keyin investitsiyalar oshirilishi foyda kamayishiga maydon hozirlashi ham ehtimoldan yiroq emas. Shuning uchun ham investitsiyalar o‘sishi davom etishi iqtisodiy jihatdan ziyon keltiradi.
FOYDA MARKAZI (ingl. Proflt centre) — ishbilarmonlik hisob-kitob amaliyoti bo‘lib, unda alohida tovarlar va xizmatlar foyda vujudga keltiruvchi mustaqil birlik deb hisoblanadi. Aytib o‘tilgan hisob-kitob amaliyotiga ko‘ra, har bitta birlik o‘zi oid bo‘lgan kompaniya foydasini yaratishga o‘z hissasini qo‘shadi deb taxmin qilinadi. Ana shu maqsadda korporatsiya odatda shaxsiy tashabbusi bilan miniierarxiya yaratadi va saqlab turadi, ayni mahalda, albatta, bu miniierarxiya korporatsiyaning o‘zi emas, balki bor-yo‘g‘i uning sxemasi ekanligini faromush qilmaydi. Mabodo bitta birlik korporatsiyaga foyda keltirolmasa, hech ikkilanmasdan bahridan o‘tishi kerak bo‘ladi.
FOYDA MASSASI — firmaning yil davomidan olgan foydasi miqdori.
FOYDA ME’YORI – jamini foydaning (normal foyda va iqtisodiy foyda) uni topish uchun qilingan umumiy xarajatlarga bo‘lingan va foizlarda ifodalangan nisbatidir.
FOYDA NORMASI — 1. Ishlab chiqaruvchilarning tarmoq bo‘yicha o‘rtacha hisoblangan foydasi (soliqlar, ish haqi to‘langandan keyin va h.k.); 2. Mavjud korxona uchun normativ bilan yuqori tashkilot tomonidan o‘rnatilgan foyda; 3. F.n. – foyda massasining ishlab chiqarish xarajatlariga bo‘lgan nisbatining foizdagi ifodasi.
FOYDA SOLIG‘I — xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning foydasidan olinib, budjetning daromadlaridan biri hisoblanadi. Bu to‘g‘ri (bevosita) soliqdir. Uning summasi soliq to‘lovchi korxonaning yakuniy moliyaviy natijalariga bog‘liq bo‘ladi. Moliya yilida soliq solinadigan foydaga ega bo‘lgan yuridik shaxslar foyda solig‘ini to`lovchilar hisoblanadi. Yalpi foyda bilan ma’lum chegirmalar o‘rtasidagi farq sifatida hisoblangan foyda soliqqa tortish ob’ektidir. Foyda solig‘i barcha soliqlar to‘langandan so‘ng korxona ixtiyoriga qolgan foyda hisobidan to‘lanadi.
|
| |