|
Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid
|
bet | 253/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)FOND ARBITRAJI (fr.) —qimmatli qog‘ozlarni bir bozorning o‘zida bir vaqtda ularning boshqasiga sotish bilan kurs farqi tarzida foyda olish maqsadida sotib olishni o‘z ichiga oluvchi birja tadbirkorlik operatsiyasi.
FOND BIRJASI (fr., nem.) — 1) qimmatli qog‘ozlar oldi sottisi bo‘yicha tashkiliy jihatdan rasmiylashtirilgan, muntazam faoliyat qiluvchi bozor. Hozirgi sanoati rivojlangan mamlakatlar sharoitlarida uzoq muddatli kapital solishning asosiy massasi F.b. yordamida amalga oshiriladi. Qimmatli qog‘ozlar kursi, ular keltiradigan daromadlar va ssuda foizi darajasi bilan belgilanadi. Birja kursi talab va taklifga qarab o‘zgarib turadi; 2) F.b. – oldindan belgilab qo‘yilgan qoidalar asosida muntazam ravishda o‘tkazib turiladigan qimmatli qog‘ozlar bozorining tashkiliy shakli. Fond birjalari orqali mamlakat iqtisodiyotiga uzoq muddatli sarmoyalar jalb etiladi, davlat dasturlari va davlat qarzlari moliyaviy mablag‘ bilan ta’minlanadi. Fond birjalarida aksiyadorlik kompaniyalari aksiya va obligasiyalari, davlat zayomlari (qarzlari) obligasiyalari oldi-sotdisi amalga oshiriladi. Oldi-sotdi davomida birja muomalasida bo‘lgan qimmatbaho qog‘ozlar kursi (qiymati) aniqlanadi. Bu kurs olinadigan daromadlar (dividend yoki foizlar tarzida), ssuda foizi darajasi hamda talab va taklifning o‘zaro nisbati asosida aniqlanadi. Qimmatli qog‘ozlar kursining jamlama ko‘rsatkichi vazifasini aksiyalar indeksi bajaradi. Xalqaro qimmatli qog‘ozlar bozorida ularning eng mashhurlaridan bo‘lib “Dou-Djons” indeksi sanaladi. O‘zbekistonda fond birjalari faoliyati O‘zbekiston Respublikasining “Qimmatli qog‘ozlar bozorining faoliyat ko‘rsatish mexanizmi to‘g‘risida”gi Qonunlar va bir qator qonun hujjatlari asosida tartibga solinadi.
FOND BOZORI — qimmatli qog‘ozlar va boshqa moliyaviy v ositalarning oldi-sotdi jarayonlari amalga oshiriluvchi maxsus tashkillashtirilgan bozor.
FOND DO‘KONLARI — bu invastitsiya institutlarining tarkibiy bo‘linmalari bo‘lib, jismoniy shaxslar uchun qimmatli qog‘ozlarning birjadan tashqari mayda ulgurji va chakana savdosini amalga oshiradi. F.d. invastitsya vositachilari, invastitsiya kompaniyalari va boshqaruvchi kompaniyalar tomonidan ochilishi mumkin. F.d. ochish, ularning faoliyat ko‘rsatishi va ularni tugatish tartibi qonun hujjatlari bilan balgilanadi. 1994 yilning oxirida O‘zbakistonda aholiga aksiyalar sotadigan undan pulga aksiyalar sotib oladigan fond do‘konlari, ya’ni jamg‘arma institutlari barpo etila boshlandi. Bu do‘konlar Moliya vazirligining qimmatbaho qog‘ozlar bilan oparatsiyalar o‘tkazish huquqini baradigan litsanziyaga ega bo‘lgan moliya vositalari bo‘lib, ular Davlat mulk qo‘mitasining Milliy dapozitariysida maxsus zahira qilib qoldirilgan aksiyalar pakatini sotadi. F.d. bozor munosabatlarini rivojlantirishda katta ahamiyat kasb etadi. Ular tufayli fond birjasi orqali qimmatli qog‘ozlarning oldi-sotdi maxanizmi bilan tanish bo‘lmagan aholining salmoqli qismi xususiylashtirilayotgan korxonalarning aksiyalaridan erkin foydalanish imkoniga ega bo‘ladi. Aksiyalarni fond do‘konlari orqali sotish ortiqcha pul massasining muomaladan chiqarilishiga olib kaladiki, bu bilan u pulning qadrsizlanish jarayoniga to‘siq bo‘ladi. F.d. fuqarolarga qimmatli qog‘ozlar bozorida ishtirok etishga raspublikamiz hududida muomalada bo‘lgan aksiyalar va boshqa qimmatli qog‘ozlar bilan yaqindan tanishishga yordam baradi. Hozirgi kunda raspublikaning ko‘pgina mintaqalarida o‘nlarcha fond do‘konlari barpo etilgan bo‘lib, ular muvaffaqiyat bilan ishlab turibdi. Ularning salmoqli qismi “Toshkant” RFB yordami bilan vujudga kalgan. SK “Vasta”, “Promstroyin- dustriya”, “Maks-Invast-Fond”, “Al-kogon”, “Pomir”, BF “Prognoz”, “Farin” kabi fond do‘konlari kang tarqalgan.
FOND QAYTIMI — ishlab chiqarishda foydalanganlik uchun sanoati shlab chiqarish asosiy yoki oborot fondlarining birligi hisobiga yalpi yoki tovar mahsuloti hajmini xarakterlovchi iqtisodiy ko‘rsatkich; ishlab chiqarish samaradorligining muhim ko‘rsatkichi.
|
| |