|
Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid
|
bet | 252/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)FOIZ STAVKALARI PARITETI — muddatli bitimlar bo‘yicha valuta kursi hisobidan mamlakatlar o‘rtasidagi stavkalarni baravarlashtirish.
FOIZ STAVKASI — qarzdor kishining olgan qarzi uchun pul egasiga to‘laydigan to‘lov.
FOIZ STAVKASINING O‘ZGARISH RISKI — bu risk kredit resurslari o‘zgaruvchan stavkada qo‘llanilganda ro‘y beradi. Bunday resurslarni jalb qilishda loyihada qo‘llanilgan kapital qiymatining oshishi va mahsulot rentabelligining kamayish havflari mavjud bo‘ladi.
FOIZ TO‘LOVLARI — har qanday turdagi qarz talablaridan olingan daromad, shu jumladan obligatsiyalar va boshqa qimmatli qog‘ozlar, shuningdek depozit qo‘yilmalar va boshqa qarz majburiyatlaridan olingan daromad.
FOIZLI FYUCHERSLAR — kredit vositalari bilan tuzilgan muddatli birja bitimlari.
FOIZLI KUPON — foizlar to‘langanligi haqidagi guvohnoma.
FOIZLI MARJA — aktiv va passiv operatsiyalar foiz stavkalari o‘rtasidagi farq.
FOIZLI SPRED — aktivlar va passivlar bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkalari o‘rtasidagi farq.
FOIZLI SVOP — tomonlardan birining foizlar o‘rtasidagi farqdan foyda ko‘rish maqsadida ikkinchi tomonga belgilangan stavka asosida foiz olish evaziga libor stavkasi bo‘yicha foiz to‘lash majburiyatini zimmasiga olishi.
FOLLIS (lot. follis - xaltacha, hamyon) — dastlab bu nom bilan deb qadimgi Rimdagi tanga solinib, muhrlangan xaltacha atalgan, keyinchalik esa mis tanga shunday deb atala boshlagan. “Fallis” so‘zidan qadimgi arab tangasi felsning hamda hozirgi zamon qator arab davlatlarining mayda tangasi filsning nomi kelib chiqqan.
FOND — 1) muayyan maqsadga mo‘ljallangan va muayyan vazifani bajarish, pul va boshqa mol-mulkdan tashkil topgan jamg‘arma, to‘plam. Iqtisodiyotda, moliya, kredit, bank, sug‘urta va boshqa sohalarda ma’lum maqsadni ko‘zlovchi turli fondlar tashkil etilishi mumkin. Bu fondlarni shakllantirish manbalari va tartibi, ularni egallash, foydalanish va tasarruf qilish bilan bog‘liq masalalar, ushbu fondlarning iqtisodiy, huquqiy va ijtimoiy maqomi hamda rejimi qonunchilik aktlari, ushbu fondlarni ta’sis etuvchilar o‘rtasidagi o‘zaro kelishuv, ta’sis hujjatlari va boshqa hujjatlar bilan belgilab qo‘yiladi. Davlat moliyaviy munosabatlari predmeti bo‘lgan turli pul va boshqa fondlarning huquqiy rejimi tegishli davlat hokimiyati va boshqaruvi aktlari bilan belgilanadi. Hozirgi paytda ilmiy-texnikaviy, ijtimoiy-siyosiy sohalarda ham turli fondlar yuzaga kelmoqda hamda bu tushuncha moliyaviy mazmunidan tashqari boshqacha ma’nolarni ham kasb etmoqda.2) F. (fr., lot.) — 1. Zahira, jamg‘arma, kapital; 2. Ma’lum tayinlanishga ega bo‘lgan, ma’lum maqsad uchun belgilangan pul va material mablag‘lar; 3. Moddiy yordam ko‘rsatish uchun tashkilot, muassasa.
|
| |