|
FIRMA BOZORI FAOLIYATI STRATEGIYASI
|
bet | 248/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)FIRMA BOZORI FAOLIYATI STRATEGIYASI — uning bosh maqsadi bozor faoliyatiga erishish uchun firma tomonidan foydalaniladigan strategik xarakterdagi aniq dasturlar nabori.
FIRMA FAOLIYATI STRATEGIYALARI — firma (korxona, kompaniya) faoliyati (maqsadlari)ni atrof muhit bilan muvofiqlashtirish va kelishtirish tamoyillariga bog‘liq bo‘ladi. Firma faoliyati strategiyalari portfelini, muqobil (alternativ) variantlar shodasini shakllantirish, ulardan birortasini tanlab olish korxona (firma, kompaniya) rahbariyati tomonidan tashqi muhit o‘zgarishlariga bog‘liq holda amalga oshiriladi, bunday tanlash esa zarur tadqiqotlar o‘tkazilishi natijalariga qarab ro‘yobga chiqariladi. Firma faoliyati strategiyalarini klassifikatsiyalash uchun asos bo‘ladigan eng umumiy alomatlar bozordagi ulush, ya’ni muayyan tovarlar bo‘yicha eksportchi tomonidan nazorat qilinuvchi bozorning bir qismi sanaladi. Bozordagi ulushni egallash va kengaytirishga yo‘naltirilgan firma faoliyati strategiyalari “yaratuvchilik” strategiyalari deb ataladi. U ko‘pchilik hollarda hujumkor xarakterga ega bo‘ladi va yangi istiqbolli mahsulot mavjud bo‘lgan taqdirda, bozorning yangi istiqboli porloq segmentini kashf etganda, raqobatchilar bozorda o‘z raqobatbardoshligidan mahrum bo‘lib qolgan hollarda qo‘llanadi. Basharti, korxona bozordagi o‘z ulushi ko‘lamidan qanoatlansa yoxud u yoki bu sababga ko‘ra uni kengaytirish imkoniyatiga ega bo‘lmasa, u mudofaalanuvchi firma faoliyati strategiyalarini qo‘llaydi. Buning maqsadi esa raqobatchilar hamlasidan o‘z pozitsiyalarini obdon o‘ylab himoya qilishdir. O‘z-o‘zidan ravshanki, bitta bozordagi mudofaa boshqa bozorlarda hujumkor firma faoliyati strategiyalarini amalga oshirishni qo‘shib olib borish bilan ham ro‘yobga chiqariladi. “Bozordan ketish” strategiyasi mudofaalanuvchi firma faoliyati strategiyalari variantlaridan biri sanaladi. Katta ishlab chiqarish va eksport salohiyatiga ega bo‘lgan barqaror rivojlanayotgan korxonalar uchun o‘sish strategiyasi eng jozibali bo‘ladi. Bunday firma faoliyati strategiyasi uzoq muddatli istiqbolda bozorda yetakchilikni egallab olishda ishlatiladi. Avvaldan mavjud bozorlardagi yangi o‘sish segmentlarida mahsulotlarning keng ko‘lamda toifalantirilishini va bozor segmentlari bo‘yicha marketing tizimi ham differensiasiyalanishini, mahsulot sotish va narx belgilashni rag‘batlantirishni nazarda tutuvchi tanlab-tanlab o‘sish strategiyasidan ko‘pincha foydalaniladi. Firma faoliyati strategiyalarining tag‘in bir klassifikatsiyasini ularni bir vaqtning o‘zida bozor yangiligi va mahsulot yangiligi alomatlari bo‘yicha guruhlashtirish asnosida amalga oshirish mumkin. Korxonani qanoatlantiradigan va zarur foyda massasini ta’minlab beradigan mavjud mavqeni saqlab qolish (bozorlar va mahsulotlarga nisbatan) strategik rivojlanishi maqsadi bo‘lgan taqdirda bunday strategiya balanslashtiruvchi — muvozanatlashtiruvchi strategiya deb ataladi. Bu holda boshqaruv jarayonlarini yanada yaxshilashga, bozorning yanada mukammal segmentlashishiga erishishga asosiy urg‘u beriladi. Mahsulotni modifikatsiyalash imkoni bo‘lganda va bozorning ma’lum darajada kengayishi kutilayotganda firmalar (korxonalar, kompaniyalar) bozorni qo‘llab-quvvatlash va saqlab qolish strategiyasidan foydalanadilar.
|
| |