|
Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid
|
bet | 247/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)FILADELFIYA REJASI — korporativ trast muassasasining obligatsiyalarini asbob- uskunalarni xarid qilishni mablag‘bilan ta’minlash maqsadida chiqarish. Bunda ijaraga olingan asbob-uskunalarga egalik qilish huquqi obligatsiyalar qayta sotib olinguniga qadar muassasaning ixtiyorida bo‘ladi.
FILANTROP - xayriya faoliyati bilan shug‘ullanuvchi odam.
FILERA - kelishilgan shartlarda muayyan narxda sotilgan mahsulotlarni qabul qilib olish taklif etilayotgan xaridorga sotuvchi bergan veksel. Filera muddatli bitimlar bo‘yicha to‘la- to‘kis hisob-kitob qilish vositasi hisoblanadi.
FILIAL (lot.) — qandaydir korxona, muassasaning mustaqil bo‘limi.
FILLER (vengr. filler) - Vengriyaning forintning yuzdan biriga teng Vengriya mayda tangasi.
FILLIPS EGRI CHIZIG‘I — mamlakatdagi inflyatsiyaning o‘rtacha darajasi va ishsizlik darajasi o‘rtasidagi bog‘liqlikni aks ettiruvchi chiziq.
FIN — Xitoy Xalq Respublikasining mayda tangasi. U yuanning yuzdan biriga va szyaoning o‘ndan biriga teng. FIO (ing.) — yuk jo‘natuvchi yoki kema egasi (ammo yollovchi emas) o‘ziga ortish- tushirish operatsiyalari bo‘yicha barcha xarajatlarni qabul qilishini bildiradi.
FIRMA (ital.) — 1) tijoratchilik maqsadlari bo‘lgan korxona, kompaniya yoki boshqa qishloq xo‘jalik tashkiloti. Ayrim tadbirkorlar va kollektivlar F. sifatida chiqishi mumkin; 2) F. inglizcha (firm, firm’s Ftrade name) so‘zlaridan olingan bo‘lib, tijorat maqsadlarini ko‘zlovchi korxona, kompaniya va boshqa xo‘jalik tashkiloti dagan ma’noni anglatadi; 3) F. tovar ishlab chiqaruvchi yoki xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot.
FIRMA-A’ZO (ital.) — fond birjasi yoki investitsional dilerlar milliy assotsiatsiyasi a’zosi hisoblangan broker yoki investitsiyaviy diler firmasi, ularda hech bo‘lmaganda bosh sheriklar yoki xizmatchilardan bittasi ushbu tashkilot a’zosi hisoblanadi.
FIRMA BLOKI (ital., fr.) — tijorat va texnik firma kredosi (maslagi), tijorat reklamasi terminini qandaydir ifodalovchi “belgi va logotip” kompozitsiyaga birlashish hamda har xil turdagi tushuntiruvchi yozuvlar va ko‘pincha “firma shiori”.
|
| |