|
Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid
|
bet | 243/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)FAOLLIK — bu shaxsning o‘z oldiga qo‘ygan har qanday maqsad yoki qadriyatlarga erishishdagi sa’y-harakatlar erkinligidir.
FAOLIYAT TURLARI BO‘YICHA TANLASH — tanlangan maqsadli auditoriya faoliyati muayyan turini baholashga urinish. Auditoriya ustidan kuzatuv tadqiqotchilarga faoliyat hollari hajmini baholash va o‘lchash imkonini beruvchi bir qator uzluksiz testlar yordamida amalga oshiriladi.
FARFEYTING – uzoq muddatli factoring munosabatlari bo‘lib, qarzdorlik bo‘yicha huquqlarni sotib olgan bank ularni odatda 1-5 yil vaqt o‘tgandan so‘ng undirishi mumkin bo‘ladi.
FARMOYISH – Muassasa ma’muriyat shuningdek, bo‘limlar rahbarlari tomonidan amaliy masalalar yuzasidan qabul qilinadi. Tashkilotda qilinadigan ishlar yoki korxona ishlab chiqarishini yaxshilash maqsadida ayrim mansabdor shaxslarga tegishli bo‘ladi. Turli farmoyishlar chiqarish, uning bajarilish imkoniyatlarini hisobga olish va yuklatilishi kerak bo‘lgan shaxsni tanlab olish, tashkilot rahbarlarining mahoratiga bog‘liq.
FARMOYISHLI AKKREDITIV — bankning kelishilgan eng yuqori summagacha bo‘lgan mijoz o‘tkazma veksellarini to‘lash haqida xorijdagi o‘z vakillariga bergan ko‘rsatmasi.
FAROVONLIK — 1) iqtisodiy farovonlik holati yoki darajasi. Mumtoz iqtisodiy nazariya tarafdorlari ta’kidlashicha, iqtisodiy va savdo siyosatining maqsadi u yoki bu mamlakat yalpi farovonligini oshirish bo‘lmog‘i lozim. “Farovonlik” termini ishlab chiqarish xarajatlari ijtimoiy chiqimlar va xarajatlarni ham o‘z ichiga olishi kerak deb hisoblagan ingliz iqtisodchisi Artur Sesil Pitouning asarida ilk marotaba muomalaga kiritilgan edi; 2) insonning rivojlanishi va gullab-yashnashi uchun zarur bo‘lgan xaqiqiy erkinliklarning kengayishidir (inson taraqqiyotidagi uch tarkibiy qismning biri sifatida inson huquqlarining kengayishi va shaxsning o‘z oldiga qo‘ygan maqsad va qadriyatlariga erishishdagi harakatlar erkinligini, shuningdek, adolatlilikni ham nazarda tutadi).
FARSAX PULI — Buxoro amirligida XIX asr - XX asr boshida yo‘l uchun olingan soliq turi.
FAS (fr.) — sotuvchining burchi o‘z kuchi va mablag‘lari hisobidan tovarni prichaldagi kema bortiga yetkazib berishdan iborat ekanligini bildiradi. Sotib oluvchi kemani o‘z vaqtida yollashi kerak. U tovarlarni bortga ortish bo‘yicha barcha xarajatlarni to‘laydi.
|
| |