• FIKRLAR HUJUMI USULI
  • FIKSIROVANIE (QAYD QILISH) (fr., lot.)
  • FIKSCHYUR-NOT (ing.)
  • FIKTIV KAPITAL (fr., lot.)
  • Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid




    Download 0,64 Mb.
    bet246/485
    Sana10.07.2024
    Hajmi0,64 Mb.
    #267286
    1   ...   242   243   244   245   246   247   248   249   ...   485
    Bog'liq
    TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)

    FIDUTSIAR EMISSIYA (ing., lot.) — emission bank metall zahirasi bilan ta’minlanmagan bank emissiyasi.
    FIDUTSIYA (ing.) — ishonchga asoslangan bitim, shartnoma.
    FIFO — 1. Tushgan yoki tayyorlangan partiya bahosi bo‘yicha tovar material zahiralarining buxgalteriya hisobi usulida; 2. Bankdan ayrim omonat turlarini yetarlicha qisman chiqarishda foizlar hisob-kitob usuli, bunda chiqarilgan summa omonatga birinchi qabul qilingan hisoblanadi.
    FIKRLAR HUJUMI USULI — biror bir muhim masalani, muammoni hal etish uchun tashkil qilingan bir qancha mutaxassislar va olimlardan iborat ijodiy guruhning g‘oyalari majmuasidir.
    FIKS (lot.) — mukofotning aniq belgilangan summasi.
    FIKSING (ing.) — ma’lum vaqt paytida birjalarda o‘rnatilgan tovar bahosi kotirovkasi yoki qimmatli qog‘oz.
    FIKSIROVANIE (QAYD QILISH) (fr., lot.) — muddatli bitim bozorida optsion bilan bitimda sotib olish yoki sotish bo‘yicha baho darajasi. Sotish bo‘yicha bitimda sotib oluvchi tomonidan va sotib olish bo‘yicha bitimda sotuvchi tomonidan o‘rnatiladi.
    FIKSIROVANNIE PLATEJI (fr.) (TO`LOVLARNI BELGILASH) — foydani olish kollektiv faoliyatiga bog‘liq bo‘lmagan omillar bilan taqozo etiluvchi birlashmalar, korxonalar foydasining bir qismini davlat daromadiga olish shakli.
    FIKSCHYUR-NOT (ing.) — kemani yollash faktini va uning asosiy shartlarini qayd etuvchi dastlabki hujjat. Keyinchalik charter bilan almashtiriladi.
    FIKTIV BANKROTLIK (fr., lot.) — ulardan kreditorlarga hisoblanadigan to‘lovlar yoki qarzlardan hisoblanadigan chegirmalarni olishni keyinga qoldirish va (yoki) bo‘lib-bo‘lib to‘lash uchun kreditorlarni chalg‘itish maqsadida o‘zining nochorligi to‘g‘risida korxona tomonidan beriladigan yolg‘on e’lon.
    FIKTIV KAPITAL (fr., lot.) — 1) qimmatli qog‘ozlarda taklif qilingan va ularning egalariga dividend yoki foiz tarzida qo‘shimcha qiymatining bir qismini muntazam o‘zlashtirish huquqini beruvchi kapital. Uning nomi shu bilan bog‘langanki, fiktiv kapital real iqtisodiy munosabatlarni buzib ko‘rsatadi, go‘yo qimmatli qog‘ozlar haqiqiy kapitalni tashkil etadi va takror ishlab chiqarish bilan aloqadan tashqari daromad keltiradi degan illyuziya yaratadi; 2) F.k. qimmatbaho qog‘ozlardan iborat bo‘lib, egasiga foiz yoki dividend keltiradigan kapital. U haqiqiy kapitaldan takror ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etmasligi bilan farqlanadi.

    Download 0,64 Mb.
    1   ...   242   243   244   245   246   247   248   249   ...   485




    Download 0,64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid

    Download 0,64 Mb.