EXTRA BED (EX.B.) (QO‘SHIMCHA KROVAT)




Download 0,64 Mb.
bet240/485
Sana10.07.2024
Hajmi0,64 Mb.
#267286
1   ...   236   237   238   239   240   241   242   243   ...   485
Bog'liq
TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)

EXTRA BED (EX.B.) (QO‘SHIMCHA KROVAT) – ko‘pincha ikki kishilik nomarda, masalan, bola uchun yig‘ma krovat. Xizmat qiymati ancha past, masalan, ikki kishilik nomar bahosi $170 bo‘lgan holda, qo‘shimcha krovat atigi $15 turadi. Biroq umumiy narx siyosati kuzatilmaydi.
EXCHANGE TRADED FUNDS (ETFs) — birjalarda aksiyalar kabi erkin savdo qilinadigan qimmatli qog‘ozlar bo‘lib, boshqa investitsiya dastaklaridan soddaligi, qulayligi va arzonligi bilan ajralib turadi va sizga passiv, aktiv yoki spekulyativ investor o‘rnida bo‘lish imkonini beradi.
EYRE - Islandiya kronasining mayda tangasi.
ESHIKMA - ESHIK” (ingl. Dour to dour) — aholi gavjum yashaydigan istiqomat mavzelarida iste’mol tovarlari va xizmatlarni sotish uncha qimmat bo‘lmagan uslubi. Kommivoyajerlar uy bekalari eshigidagi qo‘ng‘iroqni chalib, ostonadayoq tovar taqdimoti va namoyishini uyushtirishadi. Bu usul, agar potensial mijoz mahsulot namoyishiga o‘zi buyurtma bersa, yoki agar tushuntirish kerak bo‘lib qolsa, juda ham samarali bo‘ladi. An’ana tariqasida bu usuldan changyutkichlar, ensiklopediyalar va sug‘urta polislarini sotishda foydalaniladi. Xuddi shunday metoddan bitta hududda turli tashkilotlar konsentratsiyasi yuqori bo‘lgan ishbilarmonlik tumanlarida ham qo‘llash mumkin. “Eshikma-eshik” savdo yuqori qiymati kommivoyajerlar kam ish haqi to‘lanishi va ularga sotilgan tovar uchun beriladigan ko‘p miqdordagi komission foiz to‘lanishi bilan kompensatsiyalanadi. Mahsulot o‘tkazish va sotishni rag‘batlantirish uchun reklama materiallari tanlab olingan hududlarga tarqatiladi, bu esa xarajatlar minimal darajasi bilan sotuvlar maksimal darajasiga erishish imkonini beradi deb o‘ylashadi. Bunga ishonish qiyin, albatta. Buyuk Britaniya va boshqa mamlakatlarda “eshikma-eshik” savdoni cheklovchi qonunlar amal qiladi.

F




FABRIKAT - ishlov berish sanoatining tugallangan mahsuloti, tayyor mahsulot.
FAK — xalqaro savdoda tovarlarni yetkazib berish va haq to‘lashning turli xil tijorat shartlari; bu kemaning texnik vositalar bo‘sh qolmasdan yukning tez ortilishi va tushirilishini bildiradi.

Download 0,64 Mb.
1   ...   236   237   238   239   240   241   242   243   ...   485




Download 0,64 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



EXTRA BED (EX.B.) (QO‘SHIMCHA KROVAT)

Download 0,64 Mb.