• ERKIN IQTISODIY ZONA
  • ERKIN KONVERTIRLANADIGAN VALUTA
  • ERKIN NARX
  • ERKIN INDUSTRIAL - IQTISODIY ZONASI




    Download 0,64 Mb.
    bet236/485
    Sana10.07.2024
    Hajmi0,64 Mb.
    #267286
    1   ...   232   233   234   235   236   237   238   239   ...   485
    Bog'liq
    TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)

    ERKIN INDUSTRIAL - IQTISODIY ZONASI – 1) mamlakat hududining xorijiy mamlakatlar tomonidan turli shakllardagi hamkorlikdagi tadbirkorlik bilan shug‘ullanishlari uchun ruxsat etilgan qismi. Mazkur zonalarda maxsus imtiyozli shart-sharoitlar, jumladan, imtiyozli soliqlar, bojxona to‘lovlari, ijara, valuta ayirboshlash, mehnatga yollashning qulay tartiblari belgilangan bo‘ladi; 2) E.i.i.z. jahon standartlariga javob beradigan va jahon bozorlarida talab qilinadigan mahsulot ishlab chiqarishni ta’minlaydigan, zamonaviy yuqori texnalogiyaga asoslangan ishlab chiqarishni tashkil etish uchun xorijiy investitsiyalarni, birinchi galda to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalarni jalb etish bo‘yicha qulay shart-sharoitlar yaratishdan iborat: masalan, Navoiy viloyatining sanoat salohiyatini, ishlab chiqarish, transport-tranzit va ijtimoiy infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 3 dekabrdagi “Navoiy viloyatida erkin industrial-iqtisodiy zona tashkil etish to‘g‘risida’’gi Qarori asosida tashkil etilgan.
    ERKIN IQTISODIY ZONA – 1) milliy va xorijiy tadbirkorlar faoliyatlari uchun imtiyozli iqtisodiy shart-sharoitlar yaratilgan hudud; 2) E.i.z. shunday geografik hududki, ularda mamlakatda qabul qilingan normal xo‘jalik faoliyat yuritishi tartibiga qaraganda nisbatan imtiyozli soliq to‘lash tartibi joriy etiladi.
    ERKIN KONVERTIRLANADIGAN VALUTA — har qanday xorijiy valutaga erkin va cheklanmagan miqdorda ayirboshlanadigan valuta.
    ERKIN MUOMALAGA CHIQARISH (IMPORT) REJIMI — Erkin muomalaga chiqarish shunday rejimki, bunda bojxona hududiga olib kirilgan tovarlar ularni ushbu hududdan olib chiqib ketish majburiyatisiz bu yerda doimiy qoladi. Rejim, import bojlarini, soliqlarni va boshqa boj to‘lovlarini to‘lashni, iqtisodiy siyosat choralariga hamda boshqa chora-tadbirlarga rioya etishni nazarda tutadi.
    ERKIN NARX — erkin-raqobatli bozorlarda faqat sotuvchilar va xaridorlar tomonidan talab va taklif asosida belgilanadigan tovar va xizmatlar qiymatining pulda ifodalasi.
    ERKIN NARXLAR — 1) tovar va xizmatlar bozoridagi talab va taklifni hisobga olgan holda korxonalar tomonidan mustaqil yoki shartnoma asosida belgilanadi; 2) talab va taklif ta’sirida shakllanadigan bozor narxi; 3) talab bilan taklif nisbatiga bog‘liq bo‘lgan narxlar.

    Download 0,64 Mb.
    1   ...   232   233   234   235   236   237   238   239   ...   485




    Download 0,64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    ERKIN INDUSTRIAL - IQTISODIY ZONASI

    Download 0,64 Mb.