|
Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid
|
bet | 239/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)ERKIN IQTISODIY HUDUDLAR — qo‘shma tadbirkorlik hududlari, xorij kapitalini erkin amal qilishi uchun ajratilgan maxsus hudud, iqtisodiy o‘sishni ta’minlash, ijtimoiy va ekologik muammolarni hal qilish maqsadida tashkil etiladi.
ERKIN KONVERTIRLANADIGAN VALUTA – bu amaldagi kurs bo‘yicha har qanday boshqa xorijiy valutaga erkin va cheklanmagan miqdorda ayirboshlanadigan valutadir.
ESKUDO (ispan. va portugal. excudo - ramz) - 1. Portugaliya, Ispaniya va Lotin Amerikasi mamlakatlarining qadimgi oltin tangasi; 2. Portugaliya pul birligi, 100 sentavoga bo‘linadi.
ETIKA KODEKSI – yirik xalqaro kompaniyalarda har bir xodimning hayot tarzi va axloqini reglamenti hisoblanadi. Kodeksda xodimlarning axloqiy etikasi va qoidasi, qiziqishlar to‘qnashuvi natijasida yuzaga keladigan qarama- qarshiliklarni hal etish yo‘llari o‘z ifodasini topgan. Ba’zi holatlarda, etika kodeksi mehnat shartnomasining tarkibiy qismi hisoblanadi, unga amal qilmaslik xodimni ishdan bo‘shatilishga olib kelishi ham mumkin.
EVALVATSIYA (fr.) — bahoni, qiymatni baholash, aniqlash; miqdori, sifati, yaroqliligi va h.k.aniqlash; ma’lumotlar, vaziyat tahlili.
EVIKTSIYA (lot.) — fuqarolik huquqida sotishga qadar vujudga kelgan asos bo‘yicha sotib oluvchidan u sotib olgan mulkni sudlashib egalik qilish. E. holatida sotuvchi oluvchiga keltirilgan zararlarni qoplashga majbur. To‘la va qisman E. farq qiladi. to‘la E. uchinchi shaxs qandaydir huquqiy asosda barcha buyum yoki huquqqa egalikdan mahrum qilingan holatda yuz beradi. Qisman E. shundan iboratki, qabul qiluvchi faqat qisman buyum yoki huquqdan mahrum etiladi.
“EVRIKA” (grek.) — qator G‘arbiy Yevropa mamlakatlarining texnologiya sohasidagi ko‘p tomonlama dasturli hamkorligi. Fransiya tashabbusi bilan 1985 yilda Yevropa hamkorligi vakillari ishtirokida 17 G‘arbiy Yevropa mamlakatlari vazirliklari konferensiyasi qarori asosida tuzilgan. “E”.maqsadi uning xartiyasida qayd etilgan AQSh va Yaponiyadan fan sig‘imi katta tarmoqlarda texnologik jihatdan orqada qolgan G‘arbiy Yevropa pozitsiyalarini mustahkamlash uchun yangi texnologiya sohasida keng miqyosli kooperatsiyani o‘rnatish. “E”. kooperatsiyani 5 yo‘nalish bo‘yicha o‘rnatadi: “Yevromatik” — qudratli kompyuterlar, sun’iy intellekt, mikroelektronika; “Yevrorobot” — sanoat robotlari va lazerlari; “Yevrobio” — biotexnika va genetik texnika, agrosanoat; “Yevroqom” — kommunikatsiya va boshqarish tizimlari, optoelektronika; “Yevromat” — sun’iy materiallar. “E”. da 19 ta G‘arbiy Yevropa mamlakatlari ishtirok etishadi: 12 EX mamlakatlari, Avstriya, Islandiya, Norvegiya, Turkiya, Finlyandiya, Shvetsariya va Shvetsiya. “3”. organlari ishida EX vakillari Komissiyasi ishtirok etishadi. “E”. oliy organi 1 yilda 2 marta chaqiriladigan ishtirokchi mamlakatlar vazirlari konferensiyasi hisoblanadi.
EVRISTIKA - ichki sezgi, topqirlik, tajriba, ixtirochilik hamda inson miyasining o‘ziga xos xususiyatlari asosida iqtisodiy hodisalar va jarayonlarni tahlil qilish usuli.
|
| |