• FURNITURA (fr.)
  • FYUCHERS BAHO (ing.)
  • FYUCHERS BITIMLARI
  • FYUCHERS BOZORI
  • Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid




    Download 0,64 Mb.
    bet265/485
    Sana10.07.2024
    Hajmi0,64 Mb.
    #267286
    1   ...   261   262   263   264   265   266   267   268   ...   485
    Bog'liq
    TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)

    FUQAROLAR MULKI – xususiy va shaxsiy mulk birgalik fuqarolarga tegishli bo‘lishiga aytiladi.
    FUQAROLARNING YILLIK JAMI DAROMADI — ularning korxonada olgan pul va natural ko‘rinishdagi barcha to‘lanmalaridan iborat. Xorijiy valutada olingan fuqarolarning daromadi soliqqa tortish maqsadlari uchun daromad olingan kundagi Markaziy bankning kursi bo‘yicha milliy valutada aniqlanadi. Fuqarolarning yillik jami daromadi tarkibiga (soliqqa tortish maqsadlari uchun) quyidagilar kiritilmaydi: pensiyalar; davlat ijtimoiy nafaqalari (vaqtinchalik mehnat qobiliyatini yo‘qotganligi uchun nafaqalardan tashqari); kompensatsion to‘lanmalar; moddiy yordam ko‘rsatish summalari (tabiiy ofat munosabati bilan); davlat zayomi obligatsiyalari va lotereyalari bo‘yicha yutuqlar; banklar va boshqa kredit tashkilotlaridagi omonatlar bo‘yicha foizlar va boshqalar.
    FURNITURA (fr.) — ishlab chiqarishning ayrim turlarida qo‘llaniladigan yordamchi materiallar.
    FUZIYA (lot.) — ikki yoki bir necha Aksioner jamiyatlarning qo‘shilib - chirmashib ketishi, kapitalni markazlashtirish shakli.
    FYUCHERS - bitim tuzilganidan so‘ng muayyan vaqt o‘tgach, mahsulot yoki aksiya uchun shartnomada belgilangan narxda pul to‘lashni ko‘zda tutuvchi muddatli bitim turi.
    FYUCHERS BAHO (ing.) — fyuchers birja bitimlari bo‘yicha baho.
    FYUCHERS BIRJASI — tovarlar birjalarini tashkil etishning hozirgi zamon shakli. F.b. savdo faqat fyuchers kontraktlari asosida olib boriladi. F.b. vujudga kelishi va rivojlanishi shu bilan bog‘liqki, u baholar o‘zgarishidagi noqulay riskni pasaytirish, noqulay kon’yunktura holatida talab qilinadigan rezerv kapital hajmini kamaytirish, avans qilingan kapitalni pul shaklida qaytarishni tezlashtirish, savdoni kreditlashni tez arzonlashtirish va muomala xarajatlarini pasaytirishga imkon beradi.
    FYUCHERS BITIMLARI — tovar yoki fond birjasida muddatli bitimlar turi. F.b. kontraktda o‘rnatilgan bitimni tuzgandan keyin ma’lum muddat oralig‘idagi baho bo‘yicha tovar yoki aksiya uchun pul summasi to‘lashni ko‘zda tutadi. F.b. asosiy maqsadi tugatilish muddatida vujudga keluvchi (bitimni amalga oshirish muddatida) aksiyalar bahosi yoki kursidagi farqni olish hisoblanadi.
    FYUCHERS BOZORI — 1. Savdo fyucherslar bilan amalga oshiriladigan ma’lum tovar yoki qiymatliklar turi bozori. Qoidaga ko‘ra har bir birjada bir necha F.b. mavjud bo‘ladi; 2. Real tovar bozoriga qarama-qarshi o‘laroq fyuchers savdoni belgilash uchun foydalaniladigan termin.

    Download 0,64 Mb.
    1   ...   261   262   263   264   265   266   267   268   ...   485




    Download 0,64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid

    Download 0,64 Mb.