• GAROV GUVOHNOMASI
  • Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid




    Download 0,64 Mb.
    bet267/485
    Sana10.07.2024
    Hajmi0,64 Mb.
    #267286
    1   ...   263   264   265   266   267   268   269   270   ...   485
    Bog'liq
    TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)

    GARANT (fr.) — kafil bo‘lgan kishi; nima bilandir kafillik beruvchi davlat, muassasa yoki shaxs.
    GARMONIZATSIYALASHGAN TIZIM — tovarlarni ta’riflash va kodlashtirish tizimi — xalqaro bojxona hamkorligi kengashi tomonidan ishlab chiqarilgan tovarlarning ko‘p maqsadli bojxona va statistik tashqi savdo klassifikatsiyasi.
    GAROV – 1) olingan qarz evaziga yoki majburiyatning, va’daning bajarilishiga ishontirish uchun qoldirilgan omonat; 2) G — qarzni ta’minlashga xizmat qiluvchi mulk yoki boshqa qimmatbaho narsalar; 3) G — biror bir yuridik yoki jismoniy shaxsni boshqa bir shaxsga mol- mulkini yoki unga bo‘lgan huquqini majburiyatlarini ta’minlsh uchun unga berib qo‘yish. Garovga ko‘ra qarzdor garov bilan ta’minlangan majburiyatlarini bajarmagan taqdirda kreditor (qarz beruvchi, ya’ni garovga oluvchi) bu majburiyat bo‘yicha o‘z talablarini garov mulk qiymati hisobidan boshqa kreditorlarga nisbatan imtiyozli sur’atda qanoatlantirishga haqli bo‘ladi. Garovga oluvchi o‘ziga topshirilgan mulk uchun javobgar sanaladi. Garov shartnoma yoki qonunga asosan yuzaga keladi. Garov zaklad, ipoteka yoki huquqlarni garovga qo‘yish tarzida amalga oshishi mumkin. Garovga qo‘yuvchi va garovga oluvchi o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar shartnoma hamda qonun hujjatlari asosida taribga solinadi; 4) G — Fuqarolik huquqida majburiyatlar bajarilishini ta`minlashning asosiy usullaridan biri; 5) G — Jinoyatlarning oldini olish choralari. Garov sudning, prokurorning, tergovchining, surishtiruvchining chaqiruvi bo‘yicha gumon qilinuvchining, ayblanuvchining kelishini ta`minlashda tashkilot yoki boshqa yuridik shaxs tomonidan yohud gumon qilinuvchi, ayblanuvchi tomonidan sud depozitsiyasiga qo‘ygan qimmatliklar yoki pullarda ifodalanadi; 6) G - shartnomaviy majburiyatlar bajarilishini ta’minlashning bir turi. Qarzdor tomonidan majburiyat bajarilmay qolgan taqdirda, kreditor garovga qo‘yilgan qiymatlikni sotish evaziga qarz o‘rnini qoplashi mumkin.
    GAROV GUVOHNOMASI — qarzdor tomonidan ko‘char mulk garovi to‘g‘risida hujjat.

    Download 0,64 Mb.
    1   ...   263   264   265   266   267   268   269   270   ...   485




    Download 0,64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid

    Download 0,64 Mb.