|
Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid
|
bet | 275/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)GIPERMARKET — 3000 m2 va undan ko‘proq maydonga ega bo‘lgan juda katta supermarket. O‘zining ulkan va mahobatli o‘lchamlari tufayli bunday do‘konlar odatda shahar chekkalarida yoki shahar sarhadidan tashqarida barpo etiladi. Bunday supermarketlar yaqinida hammavaqt ulkan avtomobil to‘xtash joyi jihozlanadi, chunki gipermarketlarga serqatnov shosse, avtoyo‘l, avtomagistral yoki tezyurar shaharlararo avtostrada orqali faqat avtomobilda borish mumkin, xolos.
GIPERMATN; GIPERTEKST (ingl. hypertext) — aktiv elementlarga, masalan, alohida belgilangan so‘z ustiga kursorni olib borganda hujjatning boshqa qismlariga havolalarning boshlang‘ich nuqtasi bo‘lib xizmat qiluvchi so‘zlarga ega bo‘lgan matn.
GIPOTEZA (ingl. Hypothesis) — empirik tekshirishni talab qiluvchi hodisa to‘g‘risidagi umumlashmalarni tekshirish yoki baholash uchun ilgari suriladigan mulohaza.
GISTOGRAMMA (ingl. Vag Graph) — ma’lumotlarning grafik ko‘rinishda taqdim etilishi. Uzunligi olingan natijalar ifodasiga proporsional bo‘lgan to‘g‘ri burchaklardan iborat bo‘lgan diagramma.
GLOBAL YOKI GLOBALLIK (ingl. Global) — “xalqaro” ma’nosini anglatuvchi keng tarqalgan termin. Ayni mahalda ushbu termin tag‘in keng tarqalgan bir qancha ma’nolarga ega. “Global” quyidagilarni ham anglatishi mumkin, jumladan: • mahsulotlar butun boshli assortimenti bo‘yicha; • butun boshli tarmoq yoki kasb-kor bo‘yicha; • butun boshli hujjat yoki hisobot bo‘yicha.
GLOBAL DAROMAD SOLIG‘I — manbasidan qat`iy nazar, soliq to‘lovchilarning jami daromadidan olinadi. Birinchi marta 1891-yilda Prussiyada qo‘llangan. Hozirgi sharoitda ko‘plab taraqqiy etgan mamlakatlarda amal qiladi. Global daromad solig‘i qurilish tizimi oddiy bo‘lib, soliq summasini to‘g‘ri aniqlash imkonini beradi.
GLOBAL IQTISODIYOT - endi shakllanayotgan xalqaro iqtisodiyot; tovarlar va xizmatlarning erkin tashqi savdosi, kapitalning erkin harakati va ichki iqtisodiyotni boshqarishning kuchsizlanishi bilan xarakterlanadi.
|
| |