|
Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid
|
bet | 276/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)GLOBAL IQTISODIY MUAMMOLAR — olamshumul ahamiyatga ega bo‘lgan va o‘z yachimini topishida jahondagi barcha mamlakatlarning birgalikdagi harakatlarini talab etuvchi sivilizatsiyamizning eng dolzarb masalalaridir.
GLOBAL KONTRAKT (fr., lot.) — odatda tomonlarning o‘zaro majburiyatlari va ushbu majburiyatlarning umumiy qiymati bo‘yicha keng diapazon (chegara)ga ega bo‘lgan kontrakt. Tomonlar global kontrakt qabul qilgan majburiyatlar doirasida yanada aniqroq ayrim kontraktlarni imzolashni e’tiborga olishlari mumkin. Kooperativ aloqalarning rivojlanishini to‘xtatmaslik uchun namunalar, xizmatlar va komplekt detallarga baholarni kelishib olish muddatlari va ularni aniqlash metodikasini ko‘zda tutishi kerak.
GLOBAL ISTE’MOLCHILAR (Global consumers) — bir-biriga o‘xshash ehtiyojlarga ega bo‘lgan, o‘xshash iste’molchilik foydasini va tovarlar xossasini izlovchi jahonning turli mamlakatlari yoki mintaqalaridan bo‘lmish iste’molchilar.
GLOBAL MAHSULOT (ingl. Global product) — butun dunyo bo‘ylab bitta, “Coca Cola”, “McDonald’s”, “Mersedes” singari markalar ostida sotiladigan mahsulot.
GLOBAL MOLIYAVIY-IQTISODIY BOZOR – jahon mamlakatlari o‘rtasidagi moliyaviy-iqtisodiy aloqalarni yagona xo‘jalik tarzida amal qilishiga asoslangan munosabatlar. GLOBAL MOLIYAVIY-IQTISODIY INQIROZ – jahonning deyarli barcha mamlakatlarida moliyaviy, ijtimoiy va iqtisodiy sohalardagi mutanosiblik va nisbatlarning keskin izdan chiqishi natijasidagi beqarorlik va chuqur tanglik holatlarining vujudga kelishi.
GLOBALLASHUV (globalizatsiya) - 1) davlatlar va mintaqalar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikning chuqurlashuvi, yagaona umumjahon iqtisodiy, madaniy va axborot makonlarining shakllanishi bilan bog‘liq bo‘lgan jarayondir; 2) G. — jahon xo‘jaligining butun makonini qamrab oluvchi iqtisodiy munosabatlar yagona tarmog‘ining tashkil topishi va rivojlanishi; 3) G. — nisbatan yangi so‘z bo‘lib, dunyo miqyosida ro‘y berayotgan turli-tuman jarayonlarni tavsiflash uchun qo‘llaniladi. U jahon yaxlit bozor bo‘lib borayotganini tavsiflaydi. Bu g‘oyaga ko‘ra, insonlar orasida bir lahzada aloqa o‘rnatish imkonini beradigan zamonaviy axborot uzatish texnologiyalarini qo‘llanilishi natijasida vaqt va masofa qisqarmoqda; turli madaniyatlar bir-biri bilan aralashib ketmoqda va Shimol madaniyatlari va qadriyatlari Janubliklar tomonidan o‘zlashtirib olinmoqda, biroq bir vaqtning o‘zida etnik farqlar va tengsizliklar kuchaymoqda. Globallashuv g‘oyasiga ko‘ra Yer sayyorasi alohida qit’alar yoki materiklar emas, balki yaxlit hisoblanadi va u umumiy uyimiz deb qaraladi, shunga ko‘ra insoniyat ta’sirining ba’zi turlari manbadan uzoqdagi odamlar va muhitga salbiy ta’sir etishi yoki butun sayyora uchun salbiy ta’sirga ega bo‘lishi mumkin. Iqtisodiy globallashuv va global iqtisodiyotga qarang; 4) G. — jahon iqtisodiyotining integratsiyalashuv, transmilliylashuv va baynalmilallashuv jarayonlari.
|
| |