|
Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid
|
bet | 272/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)GAOGRAFIK SAGMANT – muayyan iqtisodiy muhitda tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarishda ishtirok etuvchi, risk va foyda kabi iqtisodiy shart-sharoitlar ta’sirida, ma’lum makonda harakat qiluvchi ajratib qo‘yilgan komponant.
GEOSIYOSAT — davlatlar tashqi siyosatini amalga oshirishga geografik omillar (davlat egallab turgan hududning qulayligi yoki noqulayligi, katta yoki kichik ekanligi, dengizga yaqinligi, tuprog‘ining serhosilligi, tog‘ va dasht-cho‘llarning ko‘p-kamligi va hokazolar)ga alohida urg‘u berish. Geosiyosat nazariyasiga binoan, millat va davlatning tabiati, fe’l-atvori ularning geografik joylashganligiga bog‘liq. Bu fikrlarni inkor etib bo‘lmaydi. Ammo geosiyosat g‘oyalaridan foydalanib, XVIII—XIX asrlarda mustamlakachi davlatlar o‘z bosqinchilik siyosatlarini amalga oshirdilar va geosiyosat nuqtai nazaridan o‘zlariga eng qulay sharoitlarni yaratishga harakat qildilar. XX asrda fashist Germaniyasi, Yaponiya va Sovet istibdod davlati geopolitik ekspansiya siyosatini amalga oshirdi.
Geosiyosat davlatlarni ikki asosiy guruhga bo‘lib kelgan: tellurokratik (yunoncha “tellur” — Yer; zamin, qurug‘lik) va talassokratik (yunoncha “tallas” — dengiz) davlatlar. Tellurokratik xalqlarda ko‘proq o‘troq hayotga, jamoaviylikka va yoshi hamda lavozimi kattalarga itoatkorlikka moyillik ustun keladi. “Sovuq urush” (1946—1991) yillarida AQSh boshchiligida talassokratik davlatlar va Sovet Ittifoqi boshchiligida esa tellurokratik davlatlar qarama-qarshi turdilar. Bunday qarama-qarshi turishda oxir-oqibatda inson aql-idroki va tafakkuri ustun keldi va insoniyat asta - sekin aql-idrok, tinchlik, hamkorlik, bunyodkorlik yo‘lini uzil-kesil tanladi. Hozirgi zamonda geosiyosat jahon va har bir davlat siyosatida yetakchi o‘rinlardan birini egallaydi. Lekin hozirgi zamon geosiyosati tinchlik, hamkorlik, yaratuvchilik siyosatini amalga oshirishga qaratilgan, umumjahon demokratiyasi, xalqlar tengligi prinsiplariga suyanadi. Ammo, faqat doimiy va izchil kurash olib boribgina o‘tmishning bu boradagi qarashlari va sarqitlaridan qutilish, geosiyosatni inson manfaatlari tomon uzil-kesil burish mumkin. Shunday ish turli jabhalarda bajarilmoqda.
|
| |