|
Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid
|
bet | 280/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)GRAND-EKVIVALENT (lot.) — “rivojlanishga rasmiy yordam” imtiyozli ko‘rsatkichi. Imtiyozli shartlar bilan berilgan kredit bo‘yicha to‘lov foizlarini hajmi bo‘yicha kam, ammo tijorat shartlari bilan berilgan kredit bo‘yicha daromadga tenglashtirish mumkin. Imtiyozli kredit va tijorat krediti summasi o‘rtasidagi farq bo‘yicha daromad teng bo‘lsa, imtiyozli kreditning grant- ekvivalenti hisoblanadi, ya’ni kreditor tomonidan bepul berilgan qismini ko‘rsatadi.
GRAND HOTEL – qimmatbaho, nufuzli mahmonxonalarning butun dunyo bo‘ylab kang tarqalgan nomi (biroq mahmonxonalar zanjiri emas).
GRATIS (nem.) — “bepul” degan ma’noni anglatadi. Bu termin qandaydir operatsiyalarni yoki ko‘rsatiladigan xizmatlarning bepulligini ko‘rsatish uchun savdoda qo‘llaniladi.
GRATIFIKATSIYA (lot.) - pul mukofoti. G‘arbiy mamlakatlar savdo oborotida gratifikatsiya agentlar, brokerlar va boshqa savdo oboroti ishtirokchilari tomonidan u yoki bu harakatlarni yoki ularga yuklatilgan majburiyatlarni bajarganlari uchun rag‘batlantirish maqsadini ko‘zda tutadi.
GRATSION KUNLAR (lot.) — to‘lov muddati o‘rnatilgandan keyin vekselni to‘lash uchun ayrim mamlakatlarda amal qiluvchi imtiyozli muddat.
GRAVITATSIYA — turli bozorlardagi narx-navoning o‘zaro ta’sir ko‘rsatishi hodisasi.
GRESHAM QONUNI - pul muomalasi qonuni. Unga ko‘ra qadrsiz pul, pul bozorida yuqori baholanadigan qadrli pulni muomaladan siqib chiqaradi. Bunda qadrli pul muomaladan chiqib, jamg‘armalarga aylanadi. GRIF (fr. nem.) — 1. Imzo namunasi yoki qandaydir boshqa matnli muhr, shtempel hamda hujjatda shunday muhr yoki shtempelning ottiski; 2. Ulardan foydalanishning maxsus tartibini belgilovchi hujjatdagi yoki nashrdagi yozuv, masalan, “xizmatda foydalanish uchun” G.
GRINBEKI (ing.) - metallga maydalanmaydigan turli xil AQSh kaznacheylik biletlari.
GRIN - KART (ing.) — AQShda doimiy yashash huquqini yoki doimiy rezident oluvchi shaxslarga beriladigan chet ellik ro‘yxat kartasi.
|
| |