|
Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid
|
bet | 277/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)GOF MAKLER (nem.) — 1) birja maklerlari ichidan ma’lum muddatga birja a’zolari tomonidan saylanadigan fond yoki tovar birjasidagi bosh makler. Gof makler birjada maklerlar faoliyati ustidan kuzatish olib boradi va birja majlisining oxirida birja komissiyasi uchun tuzilgan bitimlar kurslarini ko‘rsatgan holda erkin kurs yozuvi tuzadi. Gof makler birja qo‘mitasi tarkibiga kiradi; 2) birja a’zolari birja dallollari orasidan muayyan muddatga saylaydigan birja bosh dalloli.
GOLLAND AUKSIONI — savdo eng yuqori stavkadan boshlanadigan va xaridor topilganga qadar pasayishi davom etadigan auksion.
“GOLUBIE FISHKI” — fond dilerlari jargonida eng ko‘p dividendlar keltiradigan aksiyalar shunday deb ataladi. AQShda “G.f.” termini ko‘pincha qandaydir birinchi klassni belgilash uchun qo‘llaniladi, masalan, “golubaya fishka” stavkasi — birinchi klassli zayomchiga bank krediti bo‘yicha foiz stavkasi: baza stavkasining taxminan 1 foizi (Britaniya varianti praym-reyb).
GOMEOSTAZIS — iqtisodiy tizimning muvozanatni saqlab qolishga intilishi.
GOMOGEN MAHSULOTLAR — bitta bozor doirasida o‘zaro raqobatlashuvchi, dizayn, sifat, xizmat muddati davomiyligi, ishonarlilik, kafolatlar va sotuvdan keyingi xizmatlar bo‘yicha o‘xshash xarakteristikaga ega bo‘lgan mahsulotlar. Bunday hollarda iste’molchilar eng arzon taklifni topishga harakat qiladi. Har holda, bunda tovar narxi xarid qilishda hal qiluvchi omilga aylanadi.
GONORAT (lot.) — veksel beruvchi, veksel bo‘yicha to‘lash gonorantga topshiriladi.
GONORANT – 1)veksel beruvchi; 2) vekselga ustxat yozib berish yo‘li bilan veksel taqdim etilgani taqdirda uning asosida pul to‘lanishiga kafillik beruvchi shaxs; 3)veksel bo‘yicha unda maxsus yozuvni amalga oshirishni topshirish bilan to‘lashni ishonib topshiriladigan shaxs.
GONORAR (lot.) — muallifga adabiy asar yoki san’at asarlari uchun to‘lanadigan moliyaviy mukofot.
GORIZONTAL BIRLASHMA — ishlab chiqarishning bitta bosqichini amalga oshiruvchi va bitta firmaning mulki hisoblangan korxonalar guruhi.
|
| |