• GIFFEN EFFEKTI (PARADOKSI) (ingl. Giffen effect)
  • GIPERDEFLYATSIYA
  • GESHEFT — savdo operatsiyasi, foydali ish, foydali bitim. GESHTALT (Gestalt)




    Download 0,64 Mb.
    bet274/485
    Sana10.07.2024
    Hajmi0,64 Mb.
    #267286
    1   ...   270   271   272   273   274   275   276   277   ...   485
    Bog'liq
    TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)

    GESHEFT — savdo operatsiyasi, foydali ish, foydali bitim.
    GESHTALT (Gestalt) — geshtaltpsixologiya nazariyasidagi psixologiyaga oid bir termin. Obraz (timsol) ma’nosini o‘zining barcha qismlari yig‘indisi bo‘lgan bir butunlik tariqasida tushunish guruhli tajribasini anglatadi. Masalan, brendga nisbatan mazkur tajriba nom, dizayn, o‘rama, servis, ta’m va hokazolarning yig‘indisi sanaladi.
    GIFFEN EFFEKTI (PARADOKSI) (ingl. Giffen effect) — narxlari pasayganida tovarlarning ayrim turlariga bo‘lgan talabning ham pasayishi va bunga teskari bo‘lgan jarayon.
    GILDIYA (nem.) — 1) keng ma’noda G‘arbiy Yevropadagi har xil (diniy, siyosiy va h.k.) assotsiatsiyalar; eng tor ma’noda o‘z a’zolari manfaatlarini himoya qiluvchi professional birlashmalar; 2) bir xil kasb egalari birlashmasi.
    GIPERDEFLYATSIYA - pul ko‘lami o‘sishining oldini olish va inflyatsiya o‘sishini to‘xtatish maqsadida muomaladagi pulni tez sur’atda chiqarib olish.
    GIPERINFLYATSIYA - (ing-lizcha – hyperinflation) – 1) muomalaga (emissiya qilingan) chiqarilgan pul massasining behad ortib ketishi bilan bog‘liq ravishda yuz beradigan salbiy iqtisodiy jarayon. Giperinflyatsiyaning yuz berishi pulning nihoyatda qadrsizlanishiga, aholi turmush darajasining keskin pasayib ketishiga olib keladi; 2) haddan tashqari inflyatsiya, narx- navoning shiddat bilan o‘sishi, pul qadrining g‘oyat taz pasayishi, pul topishga intilishning minimal darajaga kalishi bilan ifodalanadi. G. sharoitida narx-navoni mutlaqo tartibga solib bo‘lmaydi; 3) pul birligining kuchli qadrsizlanishiga, to‘lov oborotining buzilishiga va normal xo‘jalik aloqalarining ishdan chiqishiga olib keluvchi tovar baholari va muomaladagi pul massasining haddan tashqari tez o‘sishi. Qayta taqsimlash uchun halokatli oqibatlaridan tashqari, giperinflyatsiya iqtisodiy sinishni tezlashtiradi. Giperinflyatsiya ishlab chiqarish emas, balki chayqovchilik faoliyatga yo‘naltirishni kuchaytirishga ta’sir qiladi. Natijada, kelajakda bahoning oshishini sezgan korxonalarga xom-ashyo va tayyor mahsulotni yig‘ib qo‘yish qulay bo‘lib qoladi. Kapitalni investitsiyaviy tovarlarga sotish o‘rniga ishlab chiqaruvchilar va ayrim shaxslar inflyatsiyadan himoyalanish maqsadida unumsiz moddiy qiymatliklarni — zargarlik buyumlari, oltin va boshqa qimmatbaho metallar, ko‘chmas mulk va h.k. sotib oladilar. Muomalaga qog‘oz pullarning ko‘plab chiqarilishi giperinflyatsiyani rivojlantirishning muhim omillaridan biri hisoblanadi. Ma’lum bosqichda giperinflyatsiya o‘zini-o‘zi qo‘llab- quvvatlovchi kumulyativ jarayon xususiyatlariga ega bo‘ladi: bahoning oshishi qo‘shimcha pul emissiyalarini talab qiladi, uning qadrsizlanishi esa baholar oshishining yangi to‘lqinini keltirib chiqaradi. Giperinflyatsiya har qanday mamlakatni ham katta iqtisodiy larzaga solishi mumkin. Masalan: 1938 -1946 yillarda baholar Yaponiyada 116 barobar oshgan. Shu sababli taraqqiy etgan mamlakatlar o‘rtamiyona inflyatsiya bo‘lishiga harakat qiladilar. Davlatning iqtisodiyotga aralashuvi (pul va fiskal) inflyatsiyani iqtisodiy yo‘l qo‘yiladigan doirada saqlab turish imkonini beradi; 4) G. Pulning yuqori darajada qadrsizlanishi: G.da mollar narxi nihoyatda oshadi, muomaladagi pul miqdori nihoyatda ko‘payadi, pulning qadri keskin tushib ketadi. Natijada to‘lov balansi izdan chiqadi va xo‘jalik aloqalarining me’yori buziladi; 5) G. tovarlar naxlarining va muomaladagi pul massasining haddan tashqari o‘sishi, to‘lov aylanmasi va odatiy xo‘jalik aloqalarining izdan chiqishi. Odatda noordinar siyosiy va iqtisodiy omillar harakati bilan bog‘liq. Giperinflyasiya rivojlanish proporsiyalarini buzish, real qimmatlar (ko‘chmas mulk, qimmatli metallar)ga talabni, chayqovchilikni, “kapitallarning qochishi”ni kuchaytirib, iqtisod ahvolini o‘ta yomonlashtiradi. Undan, odatda, pul islohotlari va qattiq monetar siyosat o‘tkazish yo‘li bilan qutilinadi.

    Download 0,64 Mb.
    1   ...   270   271   272   273   274   275   276   277   ...   485




    Download 0,64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    GESHEFT — savdo operatsiyasi, foydali ish, foydali bitim. GESHTALT (Gestalt)

    Download 0,64 Mb.