• GENERAL POLIS (lot., fr.)
  • GENERAL PUDRATCHI
  • GEOGRAFIK KONSENTRATSIYA
  • Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid




    Download 0,64 Mb.
    bet270/485
    Sana10.07.2024
    Hajmi0,64 Mb.
    #267286
    1   ...   266   267   268   269   270   271   272   273   ...   485
    Bog'liq
    TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)

    GENERAL LOYIHALOVCHI — sanoat yoki boshqa ob’ektni pudrat kontrakti bo‘yicha kompleks loyihalashni bajaruvchi firma yoki tashkilot.
    GENERAL OPTSION — charterda izohlangan, charterda taqozo etilgan yuklardan ortish va (yoki) tushirish portini tanlash frax tavitel huquqi.
    GENERAL POLIS (lot., fr.) — sug‘urta qildiruvchi va sug‘urta qiluvchi o‘rtasida uzoq muddatli xususiyatga ega bo‘lgan shartnomani bildiruvchi polis (guvohnoma). G.p. da uning amal qilishi, hajmi va sug‘urta qiluvchining mas’uliyati chegaralari, sug‘urta mukofotini to‘lash muddatlari hamda boshqa shartlar va qo‘shimchalar ko‘rsatilgan bo‘ladi.
    GENERAL PUDRATCHI — investitsiya jarayonining asosiy ishtirokchilaridan biri bo‘lib, buyurtmachi bilan tuzilgan shartnoma, pudrat asosida qurilish maydonida qurilish- montaj ishlarining barcha kompleksini amalga oshirish uchun to‘liq javob beradi.
    GENERAL SHARTNOMA — tashkilotlar o‘rtasidagi xo‘jalik shartnomasi turi.
    GEODEMOGRAFIK TARGETING — muayyan maqsadli auditoriyalar uchun mo‘ljallangan va turli demografik ma’lumotlar va klassifikatsiyalardan foydalanadigan marketing tadbiri. Mintaqalar, istiqomat manzili, yoshi, mashg‘ulotlar turi, daromadlar darajasi, turmush tarzi, kredit kartochkalardan foydalanish, xobbi va avtoransport vositalariga egalik qilish darajasi bo‘yicha maqsadli auditoriyalarni tanlash geodemografik targetingga kiradi.
    GEOGRAFIK KONSENTRATSIYA — sarhadida mahsulot blits-marketing, reklamasi yoki sotuvi o‘tkaziladigan yoki marketing yoxud reklama kompaniyasi testlashtiriladigan geografik hudud. Konsentratsiya, masalan, raqobatchilar tomonidan tazyiqqa duchor bo‘lgan hududda durustgina marketingga xos ma’no kasb etadi. Mahsulot yoki bozorni mahalliy yoki mintaqaviy darajada tekshirib sinab ko‘rish ana shu mahsulot umummilliy bozorga chiqqanda muvaffaqiyat qozonish-qozonmasligi masalasida binoyidek qo‘shimcha ma’lumot bo‘lib xizmat qiladi. Ushbu holda uncha katta bo‘lmagan xarajatlar jiddiy xatolardan chetlanishga yordam beradi. Albatta, mintaqaviy darajada testlashtirish umummilliy bozorda marketing xatolaridan to‘lasincha xavotirsizlantira olmaydi. Shunga qaramay, mazkur uslub, basharti, tadqiqotlar yalpi qamrovli dasturining tarkib toptiruvchisi tariqasida qo‘llanilsa, nihoyatda samarali sanaladi.

    Download 0,64 Mb.
    1   ...   266   267   268   269   270   271   272   273   ...   485




    Download 0,64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid

    Download 0,64 Mb.