• GEOGRAFIK OPTSION (grek., nem.)
  • Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid




    Download 0,64 Mb.
    bet271/485
    Sana10.07.2024
    Hajmi0,64 Mb.
    #267286
    1   ...   267   268   269   270   271   272   273   274   ...   485
    Bog'liq
    TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)

    GEOGRAFIK MADANIYAT — umuminsoniy moddiy va ma’naviy madaniyatning ilk negizi, ibtidosi, tabiatiga bog‘liq muhitning qadrini bilish hissi shakllanadigan sharoitlar majmui, insonda tabiat boyliklarining iste’molchisigina emas, balki uning himoyachisi, ko‘makchisi va boyituvchisini ham ko‘rish qobiliyati. Geografik madaniyat — jamiyat taraqqiyoti natijasida yuzaga keladi. O‘z taraqqiyotining boshlanishida inson — tabiatning bir qismi va u atrofidagi yovvoyi hayvonlar hamda o‘simliklar olamidan o‘zini ajratmaydi. Inson va jamiyat rivojlangani sari uning tabiatga ta’siri kuchayib boradi. Hozirgi davrda insonning tabiatga ta’sirida jamiyat qaltis nuqtaga keldi. Chunki inson bilan tabiat o‘rtasidagi muvozanat va mutanosiblikning buzilishi oqibatida insoniyat uchun umumxavf tug‘ildi. Shu sababli, hozirgi davrda geografik madaniyat masalasi butun dunyo bo‘ylab birinchi o‘ringa chiqmoqda. Bu masala, ayniqsa, O‘zbekiston sharoitlarida keskin tus olmoqda. Chunki istibdod yillarida “kommunizmning moddiy-texnikaviy bazasini yaratish uchun kurash” niqobi ostida Markaziy Osiyo mintaqasida geografik madaniyat talablari qo‘pol ravishda buzildi. Markaziy Osiyoning markazida joylashgan O‘zbekiston, ayniqsa, bu jihatdan og‘ir ahvolga solib qo‘yilgan: “rivojlangan sotsializm” yillarida (1960-1985), “paxtachilikni ko‘tarish” bahonasida respublika tuprog‘iga fan tavsiyalaridan 10-20 barobar ko‘proq, millionlab tonna zaharli o‘g‘itlar kiritilgan. Ming yillar davomida shakllangan suv balansi, qo‘riq va bo‘z yerlarning (Mirzacho‘l, Qarshi cho‘li va boshqalar) o‘zlashtirilishi natijasida O‘zbekiston tabiati kechirib bo‘lmas zarbaga uchragan va shu sababli Orol dengizi suv bilan ta’minlanmay quriy boshlagan.
    GEOGRAFIK OPTSION (grek., nem.) — charterda ko‘rsatilgan yuklardan ortish yoki tushirish portini tanlash kema yollovchining oldindan aytilgan huquqi. Bu shartlar charterda belgilangan vaqtdan kechikmasdan oldindan qilingan arznomaga binoan faqat bir marta foydalanilishi mumkin.
    GEOGRAFIK ROTATSIYA (grek., lot.) — bir necha portlarda ularning geografik ketma-ketlikdagi tartibiga ko‘ra kemaning yuk ortish yoki tushirish yo‘nalishi to‘g‘risida charter shartlari.

    Download 0,64 Mb.
    1   ...   267   268   269   270   271   272   273   274   ...   485




    Download 0,64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid

    Download 0,64 Mb.