|
Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid
|
bet | 273/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)GERB BELGISI (pol., nem.) — tijorat va moliya hujjatlarini — shartnomalar, veksellar, cheklarni tuzish uchun tayinlangan, unga xos blanka va maxsus markalar. G.b. ni sotish orqali davlat gerb haqini ushlab qoladi.
GERB MARKASI — gerb belgisi turi. Gerb markasini sotish orqali fuqaroviy huquqiy xarakterdagi arizalarni ma’muriy va sud organlariga berganda gerb haqi olingan.
GERB SOLIG‘I (pol.) — 1) turli xildagi tadbirkorlik bitimlari, kompaniyalarni qayd etish yoki uning aksionerlik kapitalini oshirish, ijara to‘g‘risidagi shartnoma va boshqalarni rasmiylashtiruvchi hujjatlar uchun soliq; 2) har xil turdagi ishbilarmonlik bitimlarini to‘ldiruvchi, kompaniyani ro‘yxatdan o‘tkazish yoki uning Aksioner kapitalini ko‘paytirish, ishonch xati, ijara to‘g‘risida shartnoma, qimmatbaho qog‘ozlar, aksiyalar, obligatsiyalarni berish to‘g‘risida; vasiylik, vositachilik, vakillik to‘g‘risida kelishuv hujjatlariga soliq, gerb solig‘ini to‘lash to‘g‘risida belgilangan summaga gerb markasini yopishtirish, yoki soliq to‘langanligi to‘g‘risidagi hujjatning belgilangan joyiga gerb tamg‘asini bosish bilan tasdiqlanadi. Hujjatning xarakteriga bog‘liq holda qat’iy yoki proporsional (hujjat bilan to‘ldirilgan bitim yoki operatsiya summasidan foiz hisobida) soliq stavkasi qo‘llaniladi.
GERB TUSHUMI (sbor) — fuqaroviy huquqiy bitimlarni to‘ldirish, hujjatlar berish va h.k.da ayrim shaxslar va tashkilotlardan ushlab qolinadigan haq, boj turi.
GERB (akt) QOG‘OZI — akt va hujjatlarni yozish tayinlangan (veksellar, shartnomalar, mulkni sotish to‘g‘risida aktlar va h.k.) maxsus qog‘oz; gerb belgisi turlaridan biri. Rossiyada Pyotr I davrida (1699 y.) kiritilgan. Sobiq SSSRda gerb qog‘ozi foydalanish hujjatlaridan gerb haqini hisoblab olib qolish shakli hisoblangan. Gerb qog‘ozi sotishdan tushgan pul mablag‘lari har yili davlat budjeti daromadlariga o‘tkazilgan.
GERFINDAL KO‘RSATKICHI — turli firmalarning bozorga taklif etilgan mahsulotlarining bozorda to‘planishi ko‘rsatkichi.
GERMES (grek.) — 1917 yilda Germaniyada tuzilgan ekspert kreditlarning sug‘urtasi bo‘yicha Aksioner jamiyat, uning faoliyati ikkinchi jahon urushida to‘xtalib, 1949 yil 26 avgustda qayta tiklangan. Germesni Germaniya ekspertlariga chet el sotib oluvchilari to‘lovlari sug‘urtasi bo‘yicha sindikat boshqaradi; davlat nomidan va davlat hisobidan faoliyat ko‘rsatadi. Xavfni qoplash bo‘yicha (kreditga qo‘yilgan tovar uchun tushmagan to‘lovlar bilan bog‘liq bo‘lgan) kafolat beradi. Valuta kursi o‘zgarish xavfi 1972 yildan boshlab sug‘urta qilingan. 1976 yildan boshlab 85 foizgacha tijorat xavfidagi va 90 foizgacha siyosat xavfidagi talofat qoplanadi, qolgan xarajatlar esa eksportyor hisobiga o‘tkaziladi. Davlat Germes faoliyati ustidan kontrolni amalga oshiradi: ekspertlardan tushgan buyurtmalar iqtisodiyot, moliya, tashqi ishlar vazirliklari va nemis federal banki vakillarini o‘z ichiga oluvchi ekspert kafolatlari bo‘yicha xalqaro qo‘mitaga ko‘rib chiqish uchun beriladi. Sug‘urta qilingan Germes Germaniya eksportining asosiy qismi - 80 foizi rivojlanayotgan mamlakatlarga, 7 foizi rivojlangan mamlakatlarga, 13 foizi boshqa mamlakatlarga to‘g‘ri keladi.
Gineya — Angliyaning oldingi tangasi. Birinchi marta 1663 yil Gvineyadan olib kelingan oltindan zarb qilingan. Shuning uchun uning nomi gineya deb ataladi. Dastlab kumushga qo‘shimcha tanga va 20 shillingga teng bo‘lgan; gineya kursi kumush bahosining o‘zgarishiga bog‘liq holda o‘zgarib turgan, 1717-yil 21 shillingga tenglashgan, 1816-yilda oltin tanga bilan almashtirilgan.
|
| |