• GRADUALIZM
  • GRANT - ELEMENT (lot.)
  • Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid




    Download 0,64 Mb.
    bet279/485
    Sana10.07.2024
    Hajmi0,64 Mb.
    #267286
    1   ...   275   276   277   278   279   280   281   282   ...   485
    Bog'liq
    TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)

    GORIZONTAL QO‘SHILISH — belgilangan ma’lum bozorning o‘zidagi firmalarning qo‘shilishi.
    GORIZONTAL SPRED — bitta boshlang‘ich narxda tuzilib, opsionlar muddati tugagunga qadar turli davrlarga ega bo‘lgan bir turdagi ikkita opsiondan iborat bitim.
    GORNAYA PODAT (tog` o`lponi, tog` solig`i) — yer osti boyliklarini topish bilan shug‘ullanuvchi tog‘ sanoatidan davlat tomonidan olinadigan maxsus soliq. G.p. kiritilishi tog‘ regaliyasining mavjudligi bilan bog‘liq. Uning hajmi kapitalizmning dastlabki bosqichida qazib olingan yalpi summaning 15-20 foiziga yetgan, bu esa tog‘ sanoatining rivojlanishiga to‘siq bo‘lgan; ko‘pgina kapitalistik mamlakatlarda daromad solish bilan almashtirilgan. G.p. Rossiyada 1719-yili Pyotr I davrida kiritilgan. Farmonda qazib olingan yalpi boylikning o‘ndan bir qismi natural shaklida to‘lansin, deb yozib qo‘yilgan.
    GRADUALIZM - bir iqtisodiy tizimdan ikkinchisiga keskin o‘zgarishlarsiz, bosqichma-bosqich o‘tish qonuniyatlarini o‘rganuvchi ilmiy oqim.
    GRATIFIKATSIYA - xodimlarni o‘z vazifalarini sifatli bajarganliklari uchun ustama pul bilan rag‘batlantirish.
    GRANT - 1) ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalarni amalga oshirish bo‘yicha haq to‘lanadigan hamda mablag‘ bilan ta’minlanadigan davlat buyurtmasi; 2) ilmiy tadqiqotlarni, olimlarni, adabiyot va san’at asarlari mualliflarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida xayr-ehson tariqasida ajratilgan pul mablag‘lari; 3) innovatsion xarakterdagi ishlarni maqsadli- imtiyozli moliyalashtirish. Soliqqa tortish maqsadlari uchun “grant” atamasi ishlatilganda xorijiy xayriya tashkilot (fond)lari tomonidan korxona va tashkilotlarga pul yoki natural shaklda ilmiy-tadqiqot, tajriba konstruktorlik ishlarini, o‘qitish, davolash va boshqa shunga o‘xshash maqsadlarni amalga oshirish uchun ulardan foydalanilganligi to‘g‘risida hisobot berish sharti bilan beriladigan mablag‘lar tushuniladi.
    GRANT - ELEMENT (lot.) — har xil kreditlar va qarzlar berish shartlarini taqqoslash uchun xalqaro statistikada qo‘llaniladigan ko‘rsatkich. Har bir kredit (qarz)ning shartlari uchta parametr bilan xarakterlanadi: berish muddati, imtiyozli davri va foiz stavkasi. Grant-element har bir parametrdagi qarzni hisobga oluvchi integral ko‘rsatkich hisoblanadi. G.d. qandaydir bir mamlakatga oqib kelishi uning xo‘jalik va moliyaviy holatini keskinlashtiradi.

    Download 0,64 Mb.
    1   ...   275   276   277   278   279   280   281   282   ...   485




    Download 0,64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid

    Download 0,64 Mb.