• HISOBLARNING KORRESPONDENSIYASI
  • HOMIY
  • Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid




    Download 0,64 Mb.
    bet287/485
    Sana10.07.2024
    Hajmi0,64 Mb.
    #267286
    1   ...   283   284   285   286   287   288   289   290   ...   485
    Bog'liq
    TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)

    HISOB - KITOB CHEKI — diagonal bo‘yicha pastki chap qismidan yuqori o‘ng qismiga tomon chiziq tortilgan chek. Hisob-kitob cheki mablag‘ bilan ta’minlashga xizmat qilmaydi, bu yuridik shaxslar o‘rtasidagi naqd pulsiz hisob-kitob shaklidir. To‘lov sifatida hisob-kitob chekini olgan firma uni o‘z bankiga ko‘rsatadi. Bank esa uning hisobiga pul o‘tkazadi. Hisob-kitob cheki pul qaysi firmaga atalgan bo‘lsa, o‘sha firmaning hisobvarag‘i bo‘yicha olishini kafolatlaydi. Hisob- kitob cheki — chek egasi to‘lovning naqd pul bilan yoki naqd pulsiz to‘lanishini, uning yuziga yozib qo‘yilgan “hisob-kitoblar” degan yozuv orqali amalga oshiriladigan kafolat hujjati.
    HISOBLARNING KORRESPONDENSIYASI — ikkilamchi yozuv usuli bilan xo‘jalik operatsiyasini ro‘yxatga olishda buxgalterlik hisobi o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik.
    HISSADORLIK JAMIYATI – 1) ko‘proq foyda olish maqsadiga aksiyalar chiqarish orqali mehnat, qurollari va bosh ishlar chiqarish vositalari hamda pul resurs (kapital) larini birlashtirgan uyushma; 2) H.j. foydani ko‘proq o‘zlashtirish maqsadida kapital egalarining kapital (mehnat, moddiy ashyolar va pul) larini birlashtirgan iqtisodiy uyushmasi.
    HOMIY – 1) sponsor; 2) H. — tekinga yoki qisman qaytarish sharti bilan biron-bir tadbirlarni moliyalashtiruvchi tashkilot, firma, jismoniy shaxs.
    HOMIYLIK — homiylikning bir qancha ko‘rinishlari mavjud. Kompaniya teleko‘rsatuv yoki radioeshittirish dasturlarini, masalan, ko‘ngilochar ko‘rsatuv yoxud yangiliklar dasturini tom ma’noda moliyaviy mablag‘ bilan ta’minlashi mumkin. Kompaniya sport eshittirishi, o‘yin translyatsiyasi, mukofot va sovrinlar bilan taqdirlash tantanalari, madaniy hayotdagi yangi voqealar haqidagi reportaj, ta’limga oid ko‘rsatuv va eshittirishlar, turli ekspeditsiyalar yoki koinotga parvoz haqidagi dasturlar homiysi sifatida ish ko‘rishi mumkin. Kompaniyalar, shuningdek, rang-barang kitoblar noshirligini moliyaviy mablag‘ bilan ta’minlaydiki, “Gid Mishlen” (Michelin Guides), “Avtomobil assotsiatsiyalar Yo‘l atlasi” (Automobile Association country books), “Ginnesning rekordlar kitobi” (Ceinness Book of Records) va boshqa mashhur nashrlar ana shular sirasiga kiradi. Noshirchilik homiyligi ko‘rinishlaridan yana biri — mahalliy ommaviy axborot vositalarida, ma’lumotnomalar, yillik hisobotlar va hayriya maqsadlarida ishlab chiqariladigan suvenirlar — sovg‘abop buyumlarda reklama qilishdir. Homiylik turiga bog‘liq bo‘lmagan holda maqsadlar hamisha bir-biriga o‘xshash bo‘ladi: keng ommaga maksimal darajada ta’sir o‘tkazish nazarda tutiladi. Ko‘pincha homiylik reklama kompaniyalari va jamoatchilik bilan aloqalarni qo‘llab-quvvatlash manbai bo‘lib xizmat qiladi. Garchi homiylar kompyuterlar, sug‘urtalash, alkogolsiz ichimliklar singari tovarlar va xizmatlarni hisoblab o‘tkazsa-da, tovarlarni to‘g‘ridan to‘g‘ri sotish asosiy vazifa sanalmaydi. Qoidaga ko‘ra, homiylikning bosh maqsadi - tashkilot, tovar yoki xizmat tevaragida tashabbuskorlik va intiluvchanlik muhitini vujudga keltirishdir. Odatda, homiylik uzoq muddatga mo‘ljallangan rejalarning bir qismi sifatida namoyon bo‘ladi. Shunga qaramay, homiylar ko‘p hollarda investitsiyalangan kapitaldan foyda olishdan umidvor bo‘ladilar. Ommaviy axborot vositalarida keng ko‘lamda yoritilgan va har doim talab vujudga keltiradigan homiylik turlariga futbol, beysbol, kriket, snuker, tennis, televizion o‘yinlar va ko‘ngilochar tomoshalar industriyasi sohasida mukofot va sovrinlar topshirish tantanalari kiradi.
    “Homiylik” so‘zi o‘zbek tiliga arab tilidan qadimiy zamonlardan kirib kelgan bo‘lib, oddiy xalq so‘ziga aylangan va kimsa yoki narsani himoya qilish, tarafini olish, yordam berish, ko‘maklashish ma’nolarini bildirib kelgan. Ammo uning ma’nosi asta-sekin kengayib va chuqurlashib, hozirgi paytda faqat kimsa yoki narsanigina emas, balki tashkilotni, muassasani, jamoani himoya qilish, ularga yordam ko‘rsatish, ularni qo‘llab-quvvatlashni ham bildiradi. Homiylik barcha zamonlarda va barcha xalqlarda mavjud bo‘lgan va asrlar sayin uning namoyon bo‘lish shakllari va ko‘lamlari o‘sib bormoqsa. Chunki homiyliksiz, insonlarning bir- birlariga ko‘magisiz jamiyat bo‘lishi mumkin emas. Homiylik har bir yurtda o‘zining milliy xususiyatlariga ega. Homiylik, ayniqsa, bizning xalqimiz hayotida va uning tarixida ulkan o‘rin egallab kelgan va hozirda esa uning ahamiyati yanada oshib bormoqda. Bu to‘g‘risida so‘zlab, Prezident Islom Karimov “Homiy deganda, yon-atrofdagi beva-bechoralarga, yetim- yesir, muhtoj kishilarga ko‘mak va yordam berishga, odamlarning dardiga hamdard bo‘lishga, qadrdon qishlog‘i yoki shahrini obod qilishga intiladigan, bir so‘z bilan aytganda, savob ish qilib yashaydigan insonlarni tasavvur qilamiz”, deydi. Demak, homiylik, birinchi navbatda, muhtojlarga yordam va ko‘maklashish va, ikkinchidan, o‘z qishlog‘ing yoki shahringni obod qilishga qaratilishi kerak. Bu omillarning ahamiyati, ayniqsa, bozor munosabatlari sharoitida bilinadi, chunki boyib ketgan mulkdor atrofidagi minglab oddiy kishilarning mehnati tufayli dunyo orttirganini va uning ma’lum qismini el-yurt manfaatini ko‘zlab sarflashi kerakligini har qadamda anglashi, sezishi va shunga qarab amaliy qadam bosishi uning ham burchi, ham insoniy fazilatlarining namoyon bo‘lishidir. U har qadamda savobli ish qilmog‘i darkor. Bu to‘g‘risida Qur’oni Karimda, hadislarda, xalq ijodida qayta-qayta aytiladi. Homiylik turlarini ko‘paytirish, tadbirkorlarimizning bu boradagi faolligini oshirish — mustaqil O‘zbekistonni rivojlantirishning samarali yo‘llaridan biridir.

    Download 0,64 Mb.
    1   ...   283   284   285   286   287   288   289   290   ...   485




    Download 0,64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid

    Download 0,64 Mb.