|
Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid
|
bet | 284/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)HAYOTIY SIKL TAHLILI — tovar uchun materiallar tayyorlash natijasida atrof muhitga yalpi ta’sirni baholash. Tovar ishlab chiqarish va transportirovka qilish, uni tayyorlash, sotish, foydalanish, utilizatsiya kipitva qayta ishlash uchun zarur bo‘lgan ishlab chiqarish quvvatini o‘z ichiga oladi.
HAYOTNI TA’MINLOVCHI KORXONALAR – o‘sish uchun cheklangan imkoniyatlarga ega bo‘lgan o‘ta kichik korxonalar.
HB HALF BOARD (YARIM PANSION) – mahmonxonada ovqatlanish turi, bunda nonushta va kachki ovqat yoki nonushta va tushlik (kamroq) tur qiymatiga kiritilgan bo‘ladi.
HEJ — muayyan mahsulot bozor narxlarining kelgusidagi o‘zgarishlaridan xaridor va sotuvchini sug‘urtalash maqsadida tuziladigan muddatli bitim.
HEJ FOND – muayyan firmalar qimmatli qog‘ozlarining hammasini sotib olayotgan va sotayotgan investitsiya kompaniyasi.
HEJER - narx-navoning noqulay o‘zgarishlaridan sug‘urtalanishga imkon beruvchi birja operatsiyalarini amalga oshiruvchi shaxs.
HEJIRLASH - narx-navoning noqulay o‘zgarishlaridan sug‘urtalanishga imkon beruvchi birja operatsiyalari.
HIGH SEASON (yuqori mavsum) – Ushbu mamlakatda eng yuqori narxlar balgilangan yil fasli.
HIMOYA STRATEGIYASI — mablag‘larni depozitlar, yuqori likvidli veksellar va qisqa muddatli obligatsiyalarga joylashtirish.
HISOB — 1. Savdo munosabatlarida sotuvchi tomonidan sotib oluvchi nomiga yoziladigan va tovar yetkazishni yoki xizmatlar ko‘rsatishni va ularning qiymatini tasdiqlaydigan tovar hujjati hisob deb ataladi; 2. Buxgalteriya hisobida H. qandaydir aniq yo‘nalishi bo‘yicha pul mablag‘lari harakatini kuzatuvchi buxgalteriya hisoboti yozuvi majmui deb ataladi.
HISOB “LORO” — 1) Bank tomonidan o‘z bank-korrespondentlariga ochiladigan hisoblar, bularga olinadigan yoki ularning topshirig‘i bo‘yicha beriladigan barcha summalar o‘tkaziladi; 2) Bank yozishmalarida “loro” termini mavjud kredit muassasasining bank-korrespondentida ochiladigan uchinchi bank korrespondentiga nisbatan iste’mol qilinadi, mavjud kredit muassasasida bank- korrespondent schoti esa “nostro” deb ataladi.
HISOB VOSTRO — bank tomonidan chet elda mahalliy valutada yuritiladigan hisob. Ushbu hisobga mablag‘larni joylashtiradigan bank unta nostro hisobiga bo‘lgani kabi tayanadi.
|
| |