|
Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid
|
bet | 292/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)IJARAGA BERUVCHI (arendo-datel) — ishlab chiqarish shart-sharoitlari egasi, ularni ma’lum haq to‘lash sharti bilan vaqtinchalik foydalanishga berish.
IJARADOR (arendator) (lot.) — unga tegishli bo‘lmagan ishlab chiqarish vositalarini daromad olish maqsadida ma’lum shartlar bilan vaqtinchalik foydalanishga oluvchi odam (yoki kooperativ).
IJARA HAQI — 1) ijara sharoitida (sharti bilan) taqdim etilgan mulk uchun to‘lovning turi. Asosiy fondlarning alohida ob’ektlari ijaraga olinganda ular ijara shartnomasining butun amal qilish davomida teng hissalarda (qismlarda) mahsulot tannarxiga kiritiladi; 2) I.h. — ijaraga olingan mulkdan foydalanganlik uchun haq. I.h. hajmi, muddati va boshqa to‘lov shartlari ijarador va ijaraga beruvchi o‘rtasidagi shartnomada ko‘zda tutilgan bo‘ladi. I.h. ijaraga berilgan mulk qiymatidan amortizatsiya ajratmalarini o‘z ichiga oladi. Yer va boshqa tabiiy resurslar ijaraga berilganda amortizatsiya ajratmalari hisoblanmaydi. I.h. kiruvchi amortizatsiya ajratmalari ijaraga berilgan mulkni takror ishlab chiqarish bo‘yicha tomonlar majburiyatlarini ijara shartnomasida o‘rnatilgan taqsimlashga qarab aniqlanadi. I.h. ijaraga berilgan mulkdan ijtimoiy zaruriy maqsadda foydalanganlik uchun olingan foydaning (daromadning) bir qismini o‘z ichiga oladi. Bu shartnomada ko‘rsatilgan darajadan (bank foizidan) kam bo‘lmasligi kerak. Bank foizi hajmi ijara muddatiga bog‘liq bo‘ladi va shartnomada ko‘rsatilgan bo‘ladi. Ijara shartnomasi tuzganda balansdan to qoldiq qiymatga qadar bo‘lgan doirada ijara mulki real qiymatini aniqlash uchun baholash komissiyasi tuzish tavsiya etiladi.
IJARA KORXONA – mol-mulkni shartnoma asosida ma’lum to‘lov evaziga ma’lum muddatga foydalanish uchun yollash orqali tashkil etilgan korxona shaklidir.
IJARA KORXONASI — yuridik shaxs huquqiga ega bo‘lgan mustaqil xo‘jalik sub’ekti bo‘lib, mehnat jamoasi tomonidan ijaraga olingan mablag‘dan, uskuna va inshootdan, yer va boshqa tabiiy resurslardan foydalanish asosida mahsulot ishlab chiqaradi va sotadi, ish bajaradi, xizmatlar ko‘rsatadi va ijara to‘g‘risidagi qonun asoslariga muvofiq faoliyat qiladi.
|
| |