|
IJTIMOIY YO‘NALTIRILGAN BOZOR XO‘JALIGI NAZARIYASI
|
bet | 300/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)IJTIMOIY YO‘NALTIRILGAN BOZOR XO‘JALIGI NAZARIYASI – nemis nazariyotchisi, davlat va siyosiy arbobi Lyudvik Erxard (1897-1977) neoliberalizatsiya nazariyasiga asoslangan holda o‘zining bu nazariyasini yaratadi va uni amaliyotga tadbiq etadi. Bu nazariyaning asosiy tomonlari: erkin narx va erkin raqobatning zarurligi, talab va taklif o‘rtasidagi to‘g‘ri nisbat, iqtisodiyotning mufozanatligi. Bunda davlat bozori xo‘jaligida bu shart-sharoitlarni kafolatlashi va uning rivojlanishida ijtimoiy yo‘naltirilganlikni ta’minlashi lozim.
IJTIMOIY ZARURIY ISH VAQTI – bu tovarlar aksariyat qismini yaratishga sarflangan vaqt bo‘lib, o‘rtacha texnika darajasi, mehnat malakasi va mahorati, shuningdek, o‘rtacha mehnat shiddati (intensivligi) sharoitidagi sarfni bildiradi va tovar qiymatini belgilaydi.
IJTIMOIY ZARUR MEHNAT — 1) ishlab chiqarish sharoitlari ijtimoiy normal, xodimlar mahorat va malakasi, mehnat unumdorligi hamda mehnat intensivligi o‘rtacha bo‘lganida tovar ishlab chiqarishga sarflanadigan mehnat. Bundan tashqari, ayni bir xil tovarning asosiy ko‘pchiligini ishlab chiqaruvchi korxonalarda ma’lum tovarni ishlab chiqarish uchun ketgan mehnat miqdori ham hisobga olinadi; 2) Ijtimoiy-zaruriy mehnat moddiy ne’matlar yaratayotgan sub’ektlarning o‘rtacha malaka va o‘rtacha mehnat sharoitlaridagi tovarlar birligiga sarflagan mehnatlari.
IKKILAMCHI BOZOR (ingl. secondary market) — 1) birlamchi bozorda ilgari emitatsiyalangan qimmatli qog‘ozlar muomalada bo‘ladigan bozor; 2) dastlabki kreditor va qarzdor bo‘lmagan shaxslar o‘rtasidagi qimmatbaho qog‘ozlar muomalasi; ikkilamchi savdo banklar va ixtisoslashgan firmalar tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi.
“IKKILAMCHI” IJARA YOKI SUBIJARA - ijaraga berilgan mulkning bir qismini uchinchi shaxsga ijaraga berish, bunda ijaradorning o‘zi ijaraga beruvchi rolida chiqadi. Ammo S. nizom bilan cheklangan bo‘ladi. Chunki nizomda bu korxona ishlab chiqarish iqtisodiy potentsialining kamayishiga olib kelmasligi yozilgan bo‘ladi. Bu mulkni S. bermaslik va shu yo‘l bilan mehnatsiz daromadlarning oldini olish bilan bog‘liq.
“IKKINCHI BOZOR” — birjadan tashqari bozor, bunda birjada ro‘yxatdan o‘tmagan qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalar amalga oshiriladi.
|
| |