|
INDEKSATSIYA QILINGAN FOIZ STAVKASI
|
bet | 308/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)INDEKSATSIYA QILINGAN FOIZ STAVKASI – qiymatiga inflyatsiya darajasini qo‘shib hisoblash orqali belgilangan qiymati aniklangan foiz stavkasi.
INDEKSATSIYA QILINGAN OBLIGATSIYA – qiymatiga inflyatsiya darajasini qo‘shib hisoblash orqali belgilangan qiymati aniqlangan obligatsiya.
INDEKSATSIYA QILINGAN QARZ - qiymatiga inflyatsiya darajasini qo‘shib hisoblash orqali belgilangan qiymati aniqlangan qarz.
INDEKSATSIYA QILINGAN ZAYOM - qiymatiga inflyatsiya darajasini qo‘shib hisoblash orqali belgilangan qiymati aniqlangan zayom.
INDEKSATSIYALASH – bu inflyatsiya sur’atini, ya’ni narx oshishini hisobga olib, pul daromadlarini ko‘paytirib borishidir.
INDEMNITET — zararning o‘rnini qoplash.
INDENT (ing.) — savdo komissiyasi shartnoma turi bo‘lib, bunda komitent uchun tovarlar shartnomasida ko‘zda tutilgan va komitent ko‘rsatmasi bo‘yicha ularni belgilangan mamlakatga jo‘natish uchun xarid qilish komissioner vazifasiga kiradi.
INDENT-AGENT (ing.) — oldi-sotdi bo‘yicha agent, tovarlarni sotish bo‘yicha chet elda komission asosda operatsiyalarni boshqaruvchi.
INDENTURA — aksiyadorlik jamiyati va obligatsiyalar egalari vasiysi o‘rtasida ularning manfaatlarini himoya qilish kimning vazifasi ekanligi haqida tuziladigan shartnoma. Unda obligatsiyalar yoki qarz majburiyatlari sohiblarining aksiyadorlik jamiyatiga nisbatan huquqlari belgilanadi.
INDIVIDUAL ISH VAQTI – biror-bir turdagi tovarni ishlab chiqarish uchun alohida ishlab chiqaruvchining sarf qilgan vaqti tushuniladi.
INDIVIDUAL MEHNAT MULKI — xususiy mulkning ma’lum bir turi bo‘lib, uning eng muhim xususiyatlaridan biri — mulkdor va ishlovchi — bitta shaxs bo‘ladi. Individual mehnat mulkiga asoslangan ishlab chiqarish bozorda ishlab chiqarilgan tovarlarni va xizmatlarni oldi-sotdi orqali iste’molni qondirish maqsadida yuritiladi. Individual mehnat mulkiga asoslangan korxonalar faoliyati O‘zbekiston Respublikasining “Mulk to‘g‘risida”gi qonuni bilan himoya qilinadi.
|
| |