• IMPORT BOJLARI (ing.)
  • IMPORT - EKSPORT SOLIG‘I
  • IMPORT KVOTASI (ing.)
  • IMPORT OPARATSIYALARI
  • IMPORT QIYMATI
  • Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid




    Download 0,64 Mb.
    bet305/485
    Sana10.07.2024
    Hajmi0,64 Mb.
    #267286
    1   ...   301   302   303   304   305   306   307   308   ...   485
    Bog'liq
    TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)

    IMPORT BITIMI (ing.) — tovarlar yoki xizmatlarni xarid qilish, bu mavjud mamlakat ayrim shaxslari, firmalari va hukumatidagi chet el valutasi miqdorini qisqartiradi.
    IMPORT BOJI — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 - yil 5 - avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyatini tartibga solish borasidagi qo‘shimcha chora - tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1169-sonli qarori va unga 2009 - yil sentyabrdagi PQ-1198- sonli va 2010 - yil 2 - apreldagi PQ-1316-sonli qarorlari bilan kiritilgan qo‘shimchalarda belgilangan stavkalar asosida undiriladi.
    IMPORT BOJLARI (ing.) — davlat moliya resurslarini to‘ldirish va ichki bozorga tushuvchi chet el tovarlari oqimlari hajmini tartibga solish maqsadida mamlakatga olib kelinadigan xorijiy mahsulotlar uchun davlat chegarasida undirib olinadigan to‘lovlar.
    IMPORT DEPOZITI (ing.) — import shartlari va tartibini buzgan va chetdan keltirilgan mahsulotdan, ayniqsa, mashinalar va uskunalardan maxsus bank hisobiga majburiy to‘lov sanksiyasi sifatida foydalangan importyorlarga iqtisodiy sanksiya shakli.
    IMPORT - EKSPORT SOLIG‘I — soliqqa tortishning ko‘rinishlaridan biri; tashqi savdoni davlat tomonidan tartibga solish vositasi (chorasi). Soliqqa tortish ob’ekti bo‘lib belgilangan kurs bo‘yicha milliy valutada hisoblangan tovarlarning boj qiymati yoki og‘irlik va miqdor birliklarida ifodalangan tovarlarning soni hisoblanadi.
    IMPORT KVOTASI (ing.) — 1) Mamlakatga keltiriladigan ayrim tovarlarni nota`rif miqdoriy (qiymat yoki natural) cheklash usullari; 2) Umuman, milliy xo‘jalik hamda ayrim tarmoqlar va ishlab chiqarish uchun har xil mahsulot turlari bo‘yicha importning ahamiyatini xarakterlovchi iqtisodiy ko‘rsatkich, qiymat yoki natural ifodasida hisoblanadi.
    IMPORT OPARATSIYALARI — mahsulotni xorijiy shariklardan sotib olish va mamlakatga olib kirish.
    IMPORT QILINAYOTGAN TOVARLARDAN AKSIZ SOLIG‘I - Aksiz solig‘i O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 - yil 30 - dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2012 - yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi PQ-1675-sonli qarorida belgilangan stavkalar asosida undiriladi.
    IMPORT QIYMATI — tovarlar importidagi valuta xarajatlari summasi, ya’ni tovar import qilinganligi uchun to‘langan valuta bahosi va valutada import bilan bog‘liq bo‘lgan qo‘shimcha xarajatlar (komission, transport va h.k.). I.q. ko‘rsatkichi samarali import hisob-kitobida foydalaniladi.

    Download 0,64 Mb.
    1   ...   301   302   303   304   305   306   307   308   ...   485




    Download 0,64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid

    Download 0,64 Mb.