|
Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid
|
bet | 306/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)IMPORT TARTIBGA SOLISH — milliy iqtisodiy manfaatlarini ko‘zlab mamlakatga tovarlar va xizmatlar olib kelishni tartibga solishga yo‘naltirilgan ta`rif va notarif xarakterdagi chora-tadbirlar tuzilmasi.
IMPORT O‘RNINI QOPLASH MODELI — milliy iqtisodiyot tarmoqlarini ichki resurslarga tayangan holda rivojlantirish, import o‘rnini qoplashga yo‘naltirilgan iqtisodiyotni shakllantirish modeli.
IMPORTNING O‘RNINI QOPLASH SIYOSATI — og‘ir sanoat tarmoqlarini rivojlantirish va xorijiy kapitalni cheklash orqali milliy iqtisodiyotni rivojlantirish (Lotin Amerikasi mamlakatlari).
IMPULSIV XARIDLAR VOSITASIDA SOTILADIGAN TOVARLAR — bir lahzalik impuls ta’siri ostida yoki ancha qisqa o‘ylab ko‘rishdan keyin sotib olinadigan mahsulotlar. Narxi nisbatan uncha qimmat bo‘lmagan tovarlar ana shunday mahsulotlar sirasiga kiradi. Bunda mahsulotni sotib olishga oid bir lahzalik oniy qarorga yagona omil — tovar narxi ta’sir o‘tkazadi. Buyuk Britaniyada, jumladan, boshqa mamlakatlar supermarketlari ko‘pchiligida shirinliklar kassa apparatlari yaqinida va ularning bolalari navbatda turgan mahalda ularni impulsiv sotib oladi. Endilikda bu amaliyotdan voz kechilmoqda.
IMTIYOZ — ma’lum bir majburiyatlarni bajarishdan qisman (yoki to‘liq) ozod etish, ma’lum bir qulayliklarga ega bo‘lish, masalan, soliq imtiyoziga.
IMTIYOZLI AKSIYA — egalariga daromad olishda ma’lum imtiyozlar beruvchi aksiya.
IMTIYOZLI KREDIT — tijorat banklari tomonidan mijozlarga umum belgilangan foiz stavkalaridan bir necha foiz past darajada beriladigan kredit resurslari.
IMTIYOZLI KUNLAR — pul o‘tkazish vekselida yoki qarzdorlik majburiyatida ko‘zda tutilgan o‘sha vaqtda qo‘shimcha to‘lovni amalga oshirish uchun pul o‘tkazish vekseli aktseptantiga yoki trattalarga, yohud qarzdorlik majburiyati olgan shaxsga beriladigan kunlar.
IMTIYOZLI SOLIQQA TORTISH — jismoniy yoki yuridik shaxslarni soliqlardan to‘liq yoki qisman ozod etish.
“IN PARI DELIKTO” — g‘ayriqonuniy harakatlar olib borgan shaxsning boshqa xuddi shunday yoki o‘zgacha g‘ayriqonuniy harakatlar olib borgan shaxsga da’vo qilishini cheklovchi huquqiy qoida.
INDEKS – 1) baza (asos) qilib olingan darajasi (ko‘rsatkicha)ga nisbatan olganda iqtisodiy voqeilik va jarayonlari dinamikasini (o‘sishi, pasayish) o‘lchashda keng qo‘llaniladigan nisbiy ko‘rsatkich. Ishlab chiqarish, tovar aylanishi, daromadlar, ish xaqi, hayot kechirish qiymati, baholar va boshqa indekslar mavjud. Indeks qiymatlari iqtisodiy jarayonlardagi o‘zaro bog‘liqliklarni aks ettiradi. Masalan, baholar indeksi turmush darajasi indekslariga ta’sir ko‘rsatadi. Indekslardan tahliliy, iqtisodiy-statistik vosita sifatida foydalanishdan tashqari davlat yo‘li bilan tartibga solishning iqtisodiy quroli sifatida ham ishlatiladi. Masalan, bozor iqtisodiyoti sharoitida kam ta’minlangan hamda ijtimoiy jihatdan yordamga muhtoj aholi qatlamlarini himoyalash maqsadida daromadlarni indeksatsiyalash amalga oshiriladi. O‘zbekistonda narx-navoning oshib borishiga mutanosib ravishda daromadlarning indeksatsiyalanishi (eng kam ish haqining oshirilishi, nafaqa va moddiy yordamlarning oshirilishi va h.k.) muntazam ravishda amalga oshirib borilmoqda; 2) I. (lot.) — iqtisodiyot va uning dinamik holatini statistik o‘rganish uchun foydalanadigan ayrim yoki umumiy iqtisodiy parametrlarning o‘sish yoki pasayishi nisbiy ko‘rsatkichi. Baho indeksi — bahoning umumiy (o‘rtacha) yoki ayrim tovarlar guruhi baholari nisbiy o‘zgarish darajasini ifodalovchi indekslardir. Bu I. umuman, mamlakat, uning regionlari, ichki bozor sektorlari bo‘yicha hisoblanadi. Bundan tashqari, jahon bahosi I. ham aniqlanadi. Turmush darajasi I. moddiy farovonlik darajasi, aholi har xil kategoriyalarining sotsial va madaniy hayoti shart-sharoitlari nisbiy o‘zgarishini ifodalaydi (miqdoran). Bu ayniqsa, inflyatsiyalar va baholar o‘sishi shart-sharoitlarida aktual hisoblanadi. Jahon amaliyotida tirikchilik qiymati I. o‘rtacha iste’molchi budjetiga kiruvchi va tirikchilik qiymatini tashkil etuvchi maxsus tovarlar nabori va xizmatlari chakana baholari I. keng foydalaniladi.
INDEKS “uilshir — 5. OOO” (ing.) — Amerika bozorlari bo‘yicha nashr qilingan aksiyalar baholari harakatining eng reprezentativ ko‘rsatkichi; Nyu-York va Amerika fond birjalarida va birjadan tashqari oborotda (5. OOO atrofida) kotirovka qilinadigan barcha korporatsiya aksiyalari qiymatini (mlrd. doll.) ifodalaydi; kompaniya tomonidan hisoblanadi.
|
| |