• INNOVATSIYAVIY BANK (fr.)
  • Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid




    Download 0,64 Mb.
    bet314/485
    Sana10.07.2024
    Hajmi0,64 Mb.
    #267286
    1   ...   310   311   312   313   314   315   316   317   ...   485
    Bog'liq
    TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)

    INNOVATSIYA – 1) yangiliklar yaratilishga investitsiya sarflash. Yangi texnika, texnologiyalar va ilmiy izlanishlar uchun sarmoya sarflash. Innovatsiya faoliyatining oxirgi natijalarni aniq belgilash qiyin bo‘lganligi sababli uni amalga oshirish uchun maxsus innovatsiya jamg‘armalari (fondler), banklar va boshqa moliyaviy muassasalar tashkil etiladi. O‘zbekistonda «Ipak yo‘li» tijorat-innovatsiya banki tashkil etilgan; 2) I. yangilikni joriy qilish, fan-taxnika yutuqlarini boshqarish va tashkil qilish sohasidagi yangiliklar majmui; 3) I. (yangilik joriy etish) (ing.) — ijtimoiy (sotsial) amaliyotda katta o‘zgarishlarni qiluvchi turli xildagi yangiliklarni yaratish va joriy etish. Sotsial-iqtisodiy, tashkiliy- boshqaruv va texnik-texnologik I. farq qiladi. Innovatsiyaviy faoliyat inson omili, qisman, uning barcha rivojlanish bosqichlarida vujudga keluvchi sotsial-psixologik to‘siqlarni bartaraf etishni hisobga olishni talab etadi. Bu faoliyatga o‘z manfaati, masalasi va maqsadi bo‘lgan turli sotsial guruhlar (buyurtmachilar, bevosita ishlab chiqaruvchilar, tajriba namunalarini tayyorlovchilar, maketlar va h.k.) jalb etiladi. Innovatsiyaviy faoliyat sotsial-psixologik to‘siqlarni bartaraf etish quyidagilarga ta’sir etadi: 1) qurilmalar, ahamiyatli yo‘nalishlar, uning ishtirokchilarining entik-axloqiy normalarini hisobga olish; 2) innovatsiyaviy qobiliyatni rivojlantirish, uni qabul qilish va ularda ishtirok etishga tayyor bo‘lishni shakllantirish maqsadi bo‘lgan xodimlarni aktiv o‘rgatish sotsial- psixologik metodlarini qo‘llash. Amerika menejmentida I. keng qo‘llaniladi. Bu XIX asrdayoq Amerika fermeri amaliyotida qo‘llanilgan va isbotlangan. Bu shuni ko‘rsatadiki, resurslarga innovatsiyaviy yondashish qo‘shimcha foyda olishning samarali vositasi hisoblanadi.
    INNOVATSIYAVIY BANK (fr.) — ko‘chmas mulkni garovga qo‘yish orqali uzoq muddatli pul ssudalari beradigan hamda solingan ko‘chmas mulkni ta’minlovchi garov listlari chiqaruvchi kredit muassasasi.
    INNOVATSIYA BANKLARI YOKI FONDLARI — innovatsiya jarayoni yaratilishi, har xil yangiliklar va fan-texnika ishlanmalari joriy etilishining barcha bosqichlarida kreditlash amalga oshiriladi (asosan, ma’lum tavakkalchilik bilan bog‘liq bo‘lgan venchur kreditlash).

    Download 0,64 Mb.
    1   ...   310   311   312   313   314   315   316   317   ...   485




    Download 0,64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid

    Download 0,64 Mb.