|
Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid
|
bet | 322/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)World Wide Web (WWW) — katta bir kutubxona ko‘rinishida tasavvur qilish mumkin. Web tugunlari kitobga o‘xshasa, “Web sahifalari” esa bu kitoblardagi sahifalarni eslatadi. Sahifalarda yangiliklar, rasmlar, kinofilmlar, ovoz yozuvlari va hokazo bo‘lishi mumkin. Web ga ulangan har bir inson dunyo bo‘yicha tarqalgan millionlab ma’lumotlarni olish imkoniyatiga egadir.
Elektron pochta (E-mail) — bu Internet tarmog‘ining eng ko‘p tarqalgan xizmat turi. Yer yuzi bo‘ylab taxminan 300 million kishi elektron pochta xizmatidan foydalanadi. Bu raqam yashin tezligida o‘sib bormoqda.
Internetga ulanish uchun yuqori malakali kompyuter, dastur, ta’minot kerak. Internetga ulanishning ikki yo‘li mavjud: doimiy aloqa kanali va telefon bo‘yicha. Birinchi yo‘l qimmat, ammo aloqa sifati yuqori, ikkinchi yo‘l esa arzon, ammo sifati uncha yuqori emas. Aloqa kanallari orqali Internetga ulanishni ta’minlovchi tashkilot provayder deb ataladi. Internetga biror ma’lumot kiritish uchun Web sahifasi ochiladi. Bu sahifaga kiritilayotgan ma’lumotlar maxsus tilda (HTML-Hiper Text Markup Language) gipermatnli qo‘rinishda tayyorlanadi. 1997 - yildan boshlab O‘zbekistonda provayderlar xizmat ko‘rsata boshladi. Hozir bu sohadagi ishlar jadal sur’atlar bilan rivojlanmoqda. 2001 - yil aprel oyidan boshlab mamlakatimizda o‘tkazilayotgan Internet festivallari va boshqa tadbirlar bunga yaqqol misol bo‘la oladi.
Jahon iqtisodiyotining rivojlanishi yaqin kelajakda ikkita fundamental jarayon bilan belgilanadi. Bular:
informatsion texnologiyalarning rivojlanishi;
intellektual, ya’ni aqliy xizmatlarning ko‘payishi sababli moliyaviy bozorda raqobatning kuchayishi.
Hozirgi kunda biznesda kimki boshqa raqobatchilardan ko‘ra ko‘proq ma’lumotni tahlil qilsa va undan foydalansa, ko‘proq muvaffaqiyatga erishadi. Shu bois, rivojlangan davlat bo‘lishni o‘z oldiga vazifa qilib qo‘ygan O‘zbekiston uchun Internet xizmatidan foydalanish o‘ta muhimdir.
Informatsion texnologiyaning rivojlanishi yangi olamni, informatsion jamiyatni yaratdi. Hozirgi zamon texnikasi va fanining eng samarali va istiqbolli yo‘nalishi — Internet sohasini egallash va mustaqil O`zbekiston xizmatiga qo‘yish kechiktirib bo‘lmaydigan dolzarb vazifadir.
|
| |