|
INSTITUTSIONAL-SOTSIOLOGIK YO‘NALISHI
|
bet | 319/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)INSTITUTSIONAL-SOTSIOLOGIK YO‘NALISHI – hozirgi zamon iqtisodiyot nazariyasidan uchinchi yo‘nalishi bo‘lib, uning namoyondalari T.Veblen, Yj.Kommons, U.Mitchell, Yj.Gelbreytdir. Mazkur kontseptsiyaning nomi lotincha “institutum” – o‘rnatish, tuzilma, muassasa so‘zidan kelib chiqqan. “Institut” tushunchasi juda keng talqin qilinadi: davlat, korporatsiya, kasaba uyushmalar, raqobat, monopoliya, soliqlar, barqaror turmush tarzi va yuridik normalar.
INSTITUTSIONALIZM — iqtisodiy qarorlar qabul qilish va ularni yo‘naltirish sohasida birinchi darajali ahamiyatga molik muassasalar haqidagi iqtisodiy ta’limot.
INSTRUKSIYA (lot.) — 1. Markaziy rahbarlar va mahalliy davlat boshqaruv organlari tomonidan ularning o‘z kompetentsiyalari doirasida qonunlar, buyruqlar, qarorlar va hukumat farmoyishlari va davlatning oliy boshqaruv organlari aktlari asosida va bajarish uchun nashr qilinadigan normativ akt.
INTEGRATSION SALOHIYAT – xalqaro iqtisodiy integratsiya sub`ektlarini iqtisodiy manfaatdor tomonlarni xalqaro iqtisodiy ishlab chiqarish, ilmiy texnika sohasidagi hamkorligi va o‘zaro almashinuv predmeti hisoblangan tabiiy kompleksi, mehnat, ishlab chiqarish, moliya-kredit, tashqi va ichki savdo resurslari, ilmiy salohiyatli kadrlar va insonlarning mulklari tushuniladi.
INTEGRATSIYA (lot. integer-butun) – 1) mustaqil xo‘jalik faoliyatining milliy, mintaqa va xalqaro miqyosda o‘zaro qo‘shilib yaxlit xo‘jalik tizimini tashkil etishi; 2) I. (lot.) — yirik xalq xo‘jaligi masalalarini hamkorlikda hal etish maqsadlarida mamlakatlarning iqtisodiy birlashuvi.
INTELLEKTUAL MULK – 1) ijodiy faoliyat va individuallashtirish vakolatlariga bo‘lgan mutlaq huquqlar yig‘indisini bildiruvchi tushuncha. U adabiy, badiiy va ilmiy asarlarga, artistlarning ijro faoliyatiga , ovoz yozish, radio va televizion eshittirishlarga, ixtirolarga, sanoat namunalariga, tovar belgilariga, firma nomlariga bo‘lgan huquqni qamrab oladi; 2) I.m. (lot.) — ijodiy faoliyat mahsulotlarini tijorat maqsadlarida foydalanishga berilgan yagona huquqidir; 3) I.m. — berilgan mahsulotlardan foydalanish, almashtirish va yaratish munosabatlarini boshqaruvchi, huquqiy asosda amalga oshiriladigan ijodiy faoliyat mahsulotiga egalik.
|
| |