|
INTELLEKTUAL MULKNING UMUMJAHON TASHKILOTI
|
bet | 320/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)INTELLEKTUAL MULKNING UMUMJAHON TASHKILOTI — xalqaro hukumatlar o‘rtasidagi tashkilot. Sanoat mulkini muhofaza qilish bo‘yicha 1983 yilda Parij Konvensiyasi va adabiy hamda badiiy asarlarni muhofaza qilish to‘g‘risida 1986 yilda Bern Konvensiyasi asosida ta’sis etilgan. Ushbu tashkilotni tuzish to‘g‘risida Konvensiya 1970 - yilda faoliyat ko‘rsata boshladi. Bu tashkilot intellektual mulkni himoya etishga yordam ko‘rsatadi, yangi shartnomalarni tuzishni rag‘batlantiradi va milliy qonunlarni ishlashga yordam qiladi, axborotni yig‘adi va tarqatadi, xalqaro ro‘yxatlashtirish xizmatini bajaradi. I.m.u.t. shtab kvartirasi Jenevada joylashgan.
INTELLEKTUAL TOVARLAR BOZORI – aqliy mehnat mahsuli bo‘lgan tovarlar va xizmatlar bozori.
INTENSIV IQTISODIY O‘SISH – 1) texnika va texnologiyani takomillashtirish orqali ishlab chiqarish potensialini ko‘paytirishdir; 2) I.i.o‘. ishlab chiqarish omillarining mavjud darajasida, ulardan foydalanish samaradorligini oshirish orqali mahsulot ishlab chiqarish hajmining ko‘payib borishi; 3) I. i. o‘. ishlab chiqarish xarajatlarini ko‘paytirmay ishlab chiqarish omillaridan foydalanishni takomillashtirish yo‘li bilan ishlab chiqarish natijalarini ko‘paytirish, sifatini yaxshilash va xizmatlarni takomillashtirish.
INTENSIV MARKETING STRATEGIYASI - oldi-sotdini rag‘batlantirishga yuqori baho o‘rnatish va katta miqdordagi mablag‘lar sarflash.
INTENSIV TAKROR ISHLAB CHIQARISH – ishlab chiqarishni o‘sishi ishlab chiqarish jarayonini takomillashtirish, yangi texnika va texnologiyani qo‘llash hisobiga erishiladi.
INTENSIV TEXNOLOGIYA (fr., grek.) — dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlari yetishtirishning fan-texnika taraqqiyoti yutuqlarini kompleks tarzda tadbiq qilishga asoslangan va resurslar potensiali bioiqlimiy va ishlab chiqarish iqtisodiy potensialdan yanada to‘laroq foydalanishga qaratilgan usul va amallari tizimi. I.t. texnik biologik iqtisodiy, tashkiliy va sotsial masalalarni kompleks hal qilishni ko‘zda tutadi.
|
| |