• INSON KAPITALI
  • INSON TARAQQIYOTI
  • INSON TARAQQIYOTI INDEKSI (ITI)
  • INSON TARAQQIYOTI KONTSEPSIYASINING ASOSIY UNSURLARI
  • Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid




    Download 0,64 Mb.
    bet317/485
    Sana10.07.2024
    Hajmi0,64 Mb.
    #267286
    1   ...   313   314   315   316   317   318   319   320   ...   485
    Bog'liq
    TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)

    INSON HUQUQLARI — Har bir insonning huquqlari va imtiyozlarini ta’minlash. BMT Inson huquqlari Deklaratsiyasi 1948-yilda qabul qilingan. U insonlar yashash, erkinlik va o‘qish huquqiga ega ekanligini; bir joydan ikkinchi joyga borish, din, axborot olish erkinliklariga ega ekanligini; barcha millatlar teng ekanligi va qonun oldida barcha barobar ekanligini e’lon qildi.
    INSON KAPITALI – shaxsning ma’lumoti, kasb mahorati, tajribasi, sog‘ligi bilan bog‘liq bo‘lgan qobiliyatlari majmui.
    INSON RIVOJLANISHI SALOHIYATI INDEKSI (IRSI) — tug‘ilishda kutilayotgan umr uzunligi, ta’lim darajasi (o‘rta ta’limning va ta’limning davomiyligi) va aholi jon boshiga to‘g‘ri keluvchi daromad ko‘rsatkichlari asosida hisoblanadigan integral ko‘rsatkich.
    INSON TARAQQIYOTI — insonlarning uzoq, sog‘lom va munosib ijodiy hayot kechirish va boshqa shu kabi, ularning tasavvurlarida qadriyatga ega bo‘lgan asosiy maqsadlarini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan erkinliklarning kengayish hamda yer yuzida adolatlilikni ta’minlash va barqaror rivojlanish yo‘lida amalga oshirilayotgan chora - tadbirlarda faol ishtirok etish jarayonidir. Kishilar — alohida holda ham, guruhlar doirasida ham moddiy va ma’naviy mahsulotlarning iste’molchisi hamda taraqqiyotning asosiy kuchi sifatida qaraladi (Inson taraqqiyoti to‘g‘risida ma’ruzadagi ta’rif, 2010).
    INSON TARAQQIYOTI INDEKSI (ITI) — inson taraqqiyotini rivojlantirishning umumiy ko‘rsatkichi. Muayyan mamlakatda inson taraqqiyoti quyidagi eng muhim uchta elementida erishilgan natijalarning o‘rtacha darajasini o‘lchaydi: uzoq va sog‘lom hayot — tug‘ilishda kutiladigan umr ko‘rish uzunligi bilan o‘lchanadi; bilimlar olish — ta’lim olishning o‘rtacha davomiylik ko‘rsatkichi va ta’lim olishning kutilayotgan davomiyligi ko‘rsatkichlaridan iborat; turmush darajasi (HQT AQSh dollarida) — aholi jon boshiga YAMD (yalpi milliy daromad) ko‘rsatkichi bilan o‘lchanadi.
    INSON TARAQQIYOTI KONTSEPSIYASINING ASOSIY UNSURLARI — inson rivojlanishi kontsepsiyasining asosiy shartlari: Unumdorlik. Odamlar daromadlarni shakllantirish jarayonida to‘liq ishtirok etib, o‘z hayotiy faoliyati unumdorligini oshirish imkoniyatiga ega bo‘lishi lozim. Shu sababli, iqtisodiy o‘sish inson salohiyatining tarkibiy qismlaridan biri sanaladi. Tenglik. Barcha odamlar avvaldan iqtisodiy hayotda teng imkoniyatlarga ega bo‘lishi kerak va shu bois bunday imkoniyatlarga to‘sqinlik qiladigan g‘ovlar bartaraf etilishi darkor. Barqarorlik. Imkoniyatlardan foydalanish nafaqat bugungi, balki kelajak avlod uchun ham ta’minlanishi lozim. Inson taraqqiyotidagi barqarorlikni ta’minlash maqsadida kelajak avlod to‘lashiga to‘g‘ri keladigan qarzlarni vujudga keltirmasdan, barcha turdagi — jismoniy, insoniy va tabiiy kapitalning to‘ldirib borilishini ta’minlash lozim. Imkoniyatlarni kengaytirish. Rivojlanish fuqarolarning manfaatlari yo‘lida va ularning o‘zlarining sa’y-harakatlari bilan amalga oshirilishi lozim. Odamlar o‘zlarining hayotini belgilaydigan qarorlarni qabul qilish jarayonida har tomonlama ishtirok etishi shart.

    Download 0,64 Mb.
    1   ...   313   314   315   316   317   318   319   320   ...   485




    Download 0,64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid

    Download 0,64 Mb.