|
Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid
|
bet | 313/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)INKASSATOR – 1) asosan muassasalardan tashqarida yurib pul yig‘ish va pul to‘lashga vakil qilingan mansabdor shaxs; 2) I. (ital.) — pullarni bankka topshirish uchun tashkilotlar, korxonalar va h.k. pullarni qabul qilishni amalga oshiruvchi vazifador shaxs.
INKASSIROVAT - (inkasso ishlarini olib bormoq) (ital.) — bank to‘lashga hujjatlar ko‘rsatadi va o‘z mijozlari nomidan to‘lashga mo‘ljallangan pul qarzini oladi.
INKASSATSIYA — turli to‘lov xizmatlari asosida bankdan naqd pul olish.
INKOTERMS (lot.) – 1) xalqaro savdo palatasi tomonidan jahon tijorat tajribasini umumlashtirish asosida nashr etgan savdo atamalarini sharxlash yuzasidan xalqaro qoidalar; 2) I. — jahon tijorat amaliyotini umumlashtirish asosida xalqaro savdo palatasi tomonidan nashr qilingan savdo terminlarini izohlash bo`yicha xalqaro qoidalar.
INKORPORATSIYA (lot.) — 1. Umumiy huquqiy mamlakatlardagi (asosan, AQShda) yuridik shaxs sifatidagi (korporatsiya) jamiyat yoki muassasa ro‘yxati. Bunday ro‘yxat maxsus hujjat-inkorporatsiya sertifikat berish bilan yakunlanadi; 2. O‘z tarkibiga kiritish, qo‘shilish.
INKORPORATSIYA SERTIFIKATI (lot., fr.) - kompaniyaning yuridik shaxs sifatida ro‘yxat qilish to‘g‘risida guvohlik. I. s. ro‘yxat qilish to‘g‘risida guvohlik. I. s. ro‘yxat qilish chet el kompaniyasi filiali ochilgan holatda talab etiladi.
“INAUDIT” UCHYOT — moliya faoliyati sohasida tahlil va konsultatsiya bo‘yicha mamlakat moliya tuzilmasidagi xo‘jalik hisobi aksioner jamiyati. Qo‘shma korxonalar va tashkilotlar hisobi va moliyaviy hisoboti ustidan nazoratni amalga oshirish, tegishli masalalar bo‘yicha konsultatsiyalar, auditorlik xizmatlari ko‘rsatish I. vazifalari hisoblanadi.
INAUGURATSIYA (lot.) — davlat boshlig‘ining tantanali ravishda vazifani ado etishga kirishishi.
INOREKLAMA — mutaxassislar bilan ta’minlash bo‘yicha va hozirgi zamon chet el texnologiyasi hamda tovarlar, litsenziyalar, xizmatlar savdosi eng aktual yo‘nalishlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan tashqi savdo reklama firmasi matbuotda xorijiy firmalar reklama axborotini nashr etadi, xorijiy firmalar buyurtmasiga ko‘ra tashkilotlar nomiga reklama, texnika rejalari, bukletlar va varaqalarni bevosita pochta kanallari bo‘yicha yuboradi, tashqi va ichki reklama vositalaridan keng ko‘lamda foydalanadi.
|
| |